O‘zbekiston Afg‘onistonda Hayraton-Hirot temir yo‘li loyihasini amalga oshiradi

© amcGruzovoy poyezd
Gruzovoy poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning texnik temir yo‘l guruhlari yaqin kunlarda temir yo‘lni Hayratondan Hirotgacha uzaytirish bo‘yicha dastlabki tadqiqotlarni o‘tkazadi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonda Hayraton–Hirot temir yo‘lining yirik loyihasini amalga oshirmoqda. Bu haqda muvaqqat Afg‘oniston hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Abdulg‘ani Barodar hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi yakunida jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bosh vazirning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyasi, jumladan, bir qancha vazirlar va sanoat idoralari vakillarining Toshkentga ikki kunlik rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Kobul xalqaro aeroportida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda tashrifni samarali deb atadi va safar davomida O‘zbekiston bosh vaziri, bosh vazir o‘rinbosari va turli muassasalar mutasaddilari bilan uchrashganini aytdi.
Abdulg‘ani Barodarning aytishicha, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, savdo va temir yo‘lni rivojlantirish kabi sohalarda keng qamrovli muhokamalar bo‘lib o‘tgan.

“O‘zbekistonning texnik temir yo‘l guruhlari yaqin kunlarda Afg‘onistonga tashrif buyurib, temir yo‘lni Hayratondan Hirotgacha uzaytirish bo‘yicha dastlabki tadqiqotlarni o‘tkazadi. O‘zbekistonning moliyaviy ko‘magida ushbu tadqiqotlar yakunlanishi bilan temir yo‘l loyihasini amalga oshirish bosqichi boshlanadi”, — dedi Afg‘oniston vakili.

Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘onistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga rozi bo‘lgan, bu esa, uning fikricha, O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining oshishiga olib keladi.
Afg‘oniston RTA telekanaliga ko‘ra, Barodar O‘zbekistondan elektr energiyasini uzatish loyihasi bo‘yicha dastlab 252 million dollarga baholangan shartnoma narxi muzokaralardan so‘ng 222 million dollarga tushirilganini ma’lum qildi.
Sostoyalas seremoniya otkritiya, posvashennaya rekonstruksii i remontu jeleznodorojnoy linii Xayraton – Mazari Sharif - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2024
“Hayraton – Mozori Sharif” temir yo‘lini ta’mirlash boshlandi
Yangiliklar lentasi
0