Istanbulda Rossiya-Amerika uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

"Biz yuqori darajali diplomatlarimiz, ekspertlarimiz uchrashib, Rossiya elchixonasi faoliyatiga sun’iy to‘siqlar yaratish bo‘yicha avvalgi ma’muriyatning noqonuniy faoliyati natijasida to‘planib qolgan tizimli muammolarni ko‘rib chiqishlarini e’lon qildik, bunga biz, tabiiyki, o‘zaro munosabat bildirib, Moskvadagi Amerika elchixonasi faoliyati uchun noqulay sharoitlar yaratgandik. Bunday uchrashuv ertaga Istanbulda bo‘lib o‘tadi”, — dedi Lavrov jurnalistlarga.
“Yo‘q, biz hech qanday variantni ko‘rib chiqa olmaymiz. U yerda asosiysi -mojaroning asosiy sabablarini yo‘q qilishdir. Ular tinchlikparvar kuchlar yo‘qligida emas, — dedi Rossiya TIV rahbari qo‘shni davlatga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish imkoniyati haqidagi savolga javob berayotib.