Zargarlik, choy qadoqlash va turizm: O‘zbekiston va Hindiston yangi loyihalar o‘rganib chiqmoqda

Flag Indii i Uzbekistana
Flag Indii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi G‘arbiy Bengaliya shtatida qator muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, choy qadoqlashni yo‘lga qo‘yish, qurilish, tibbiyot, ta’lim, turizm va mehmondo‘stlik sohalarida yangi loyihalarni o‘rganib chiqmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev G‘arbiy Bengaliya shtati ma’muriy markazi Kolkata shahrida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
"Juneja Group" guruhi raisi va "CLC Tanners Association" charm sanoati uyushmasi prezidenti Ramesh Juneja bilan teri tayyorlash, xomashoni chuqur qayta ishlash, charm-poyabzal, attorlik va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari o‘rganildi.
“Ramesh Juneja O‘zbekistonda ushbu sohada xalqaro hamkorlik uchun yaratilgan qulay sharoitlarni yuqori baholab, mamlakatimiz bilan sheriklik o‘rnatishdan manfaatdorlik bildirdi. Kompaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifini tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagi sohalarda sheriklik qilish bo‘yicha amaliy loyihalar o‘rganib chiqildi:
"PC Chandra Jewellers" kompaniyasi bilan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish;
"Oodlabar Co. Ltd" kompaniyasi bilan choy qadoqlashni yo‘lga qo‘yish;
"KIC Group" kompaniyasi bilan qurilish va tibbiyot sohasida hamkorlik qilish;
"Techno India University" universiteti bilan ta’lim sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;
"ITC Royal Bengal" mehmonxonasi bilan turizm va mehmondo‘stlik sohasida sheriklik qilish.
Yangiliklar lentasi
0