https://oz.sputniknews.uz/20250219/ozbekiston-hindiston-yoshlar-hamkorlik-48025411.html
O‘zbekiston va Hindiston yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqchi
O‘zbekiston va Hindiston yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Hamkorlik hujjatini O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev va Hindiston yoshlar ishlari va sport vazirining o‘rinbosari Mita Rajivlochan imzoladi. 19.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-19T13:16+0500
2025-02-19T13:16+0500
2025-02-20T17:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
hindiston
yoshlar
elchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/14/48055249_4:0:1277:716_1920x0_80_0_0_e9b086f2075bc12175e1dd9e79ebba0f.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Dehlida O‘zbekiston Yoshlar agentligi hamda Hindiston Yoshlar ishlari va sport vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolandi, deya xabar berdi "Dunyo" AA. Hamkorlik hujjatini O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev va Hindiston yoshlar ishlari va sport vazirining o‘rinbosari Mita Rajivlochan imzoladi. Mita Rajivlochan O‘zbekiston va Hindiston yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari tarixida yangi bob ochish fursati kelganini aytdi. Tomonlar quyidagilarga kelishib olishdi:
https://oz.sputniknews.uz/20250218/kelajakka-qadam-talabalar-imkoniyatlar-48001771.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/14/48055249_163:0:1118:716_1920x0_80_0_0_a86ac12d016298f3ad7864fea717ec02.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, hindiston, yoshlar, elchi
jamiyat, o‘zbekiston, hindiston, yoshlar, elchi
O‘zbekiston va Hindiston yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqchi
13:16 19.02.2025 (yangilandi: 17:00 20.02.2025) Hamkorlik hujjatini O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev va Hindiston yoshlar ishlari va sport vazirining o‘rinbosari Mita Rajivlochan imzoladi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Dehlida O‘zbekiston Yoshlar agentligi hamda Hindiston Yoshlar ishlari va sport vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolandi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Hamkorlik hujjatini O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev va Hindiston yoshlar ishlari va sport vazirining o‘rinbosari Mita Rajivlochan imzoladi.
“Memorandum O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida izchil rivojlanayotgan ko‘p tomonlama aloqalar doirasida yoshlar ishlari va sport sohalaridagi munosabatlarni yangi pog‘onaga olib chiqishni nazarda tutadi”, — deyilgan xabarda.
Mita Rajivlochan O‘zbekiston va Hindiston yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari tarixida yangi bob ochish fursati kelganini aytdi.
"Xalqlarimizning tarixi, qadriyatlari va madaniy ildizlari bir-biriga mushtarak va tutash. O‘sib kelayotgan yosh avlod ushbu azaliy rishtalarning davomchilaridir. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatlarimizning yoshlar siyosatiga mas’ul tashkilotlari tomonidan imzolangan hujjat ikki tomon uchun birdek muhim va ahamiyatlidir", — dedi u.
Tomonlar quyidagilarga kelishib olishdi:
memorandumini hayotga tadbiq etishga qaratilgan "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish;
yoshlar delegatsiyalari muntazam almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
ta’lim, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish;
yoshlarning startaplar amalga oshirishga qaratilgan intilishlarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash.