Zamonaviy o‘zbek she’riyati Rossiyada taqdim etildi
16:34 15.02.2025 (yangilandi: 16:40 15.02.2025)
© Posolstvo Respubliki UzbekistanV Posolstve Uzbekistana v Moskve proveli prezentatsiyu knigi "Antologiya sovremennoy uzbekskoy poezii"

© Posolstvo Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
To‘plamga O‘zbekistonning mashhur 122 nafar shoirlarining she’rlari kiritilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi birinchi marta rus tiliga tarjima qilingan.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunida O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida “Zamonaviy o‘zbek she’riyati antologiyasi” to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi xabar berdi.
Ushbu to‘plamga O‘zbekistonning mashhur 122 nafar shoirlarining she’rlari kiritilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi birinchi marta rus tiliga tarjima qilingan va ular yangi davrning ma’naviy izlanishlari haqida aytib beradi.
© Posolstvo Respubliki UzbekistanV Posolstve Uzbekistana v Moskve proveli prezentatsiyu knigi "Antologiya sovremennoy uzbekskoy poezii"

V Posolstve Uzbekistana v Moskve proveli prezentatsiyu knigi "Antologiya sovremennoy uzbekskoy poezii"
© Posolstvo Respubliki Uzbekistan
Mashhur rus shoiri Mixail Sinelnikov zamonaviy o‘zbek she’riyati uni hayratga solganini aytdi.
“Aytishim kerakki, men o‘zim ham zamonaviy o‘zbek she’riyatining yuksak saviyasidan hayratdaman va bu o‘zbek madaniy merosining munosib davomidir. Ishonch bilan aytish mumkinki, bu kitob uzoq umrga yodgorlik bo‘lib, ikki madaniyat: rus va o‘zbek madaniyatining o‘zaro jozibadorligidan dalolat beradi”, - dedi antologiya muallifi Mixail Sinelnikov.
Sinelnikovning aytishiga ko‘ra, o‘zbek she’riyatining ushbu va oldingi ikkita antologiyalarini yaratishda Alisher Usmonov fondi homiylik qilgan va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan ham keng hamkorlik qilingan.
© Posolstvo Respubliki UzbekistanV Posolstve Uzbekistana v Moskve proveli prezentatsiyu knigi "Antologiya sovremennoy uzbekskoy poezii"

V Posolstve Uzbekistana v Moskve proveli prezentatsiyu knigi "Antologiya sovremennoy uzbekskoy poezii"
© Posolstvo Respubliki Uzbekistan
“O‘ylaymanki, bu uch jildning barchasi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi, mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga, madaniy hamkorlikni mustahkamlashga, adabiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi”, - dedi “Rossiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi o‘rinbosari Azat Primov.
2021-2022 yillarda Rossiyada “O‘zbek she’riyati antologiyasi”ning ikki jildlik nashri chop etilgan edi. Unda o‘zbek klassik shoirlarining barcha davrlariga oid she’rlar o‘rin olgan bo‘lib, u O‘zbekiston she’riyatini to‘liq va yorqin taqdim etadi.
© Posolstvo Respubliki UzbekistanV Posolstve Uzbekistana v Moskve proveli prezentatsiyu knigi "Antologiya sovremennoy uzbekskoy poezii"

V Posolstve Uzbekistana v Moskve proveli prezentatsiyu knigi "Antologiya sovremennoy uzbekskoy poezii"
© Posolstvo Respubliki Uzbekistan
Taqdimot marosimida Rossiya jamoat tashkilotlari, akademik doiralari, o‘zbek diaspora tashkilotlari vakillari, vatandosh talabalar, shoirlar, taniqli madaniyat arboblari, shuningdek, Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.