Moskvada qoraqalpoq she’riyati taqdim etildi

© Posolstvo Uzbekistana v MoskvePrezentatsiya knigi "Antologiya karakalpakskoy poezii" v posolstve Uzbekistana
Prezentatsiya knigi Antologiya karakalpakskoy poezii v posolstve Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2024
Obuna bo‘lish
Kelgusida Rossiyada qoraqalpoq she’riyatining yana ikkita to‘plamini chiqarish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida Rossiyada nashrdan chiqqan “Qoraqalpoq she’riyati antologiyasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda 80ga yaqin Rossiya davlat va jamoatchilik vakillari, qoraqalpoq diasporalari rahbarlari, shoirlar, adabiyotshunos olimlar va jurnalistlar ishtirok etishdi.
© Posolstvo Uzbekistana v MoskvePrezentatsiya knigi "Antologiya karakalpakskoy poezii" v posolstve Uzbekistana
Prezentatsiya knigi Antologiya karakalpakskoy poezii v posolstve Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2024
Prezentatsiya knigi "Antologiya karakalpakskoy poezii" v posolstve Uzbekistana
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov she’rlarda qoraqalpoq xalqining ichki his-tuyg‘ulari, orzu va umidlari aks etganin ta’kidlab, O‘zbekiston va Rossiya orasida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish mavzularida to‘xtalib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi Kenesbay Karimovning ta’kidlashicha, “Qoraqalpoq she’riyati antologiyasi” kabi kitoblar rus va qoraqalpoq yozuvchilari o‘rtasidagi adabiy aloqalarni yana mustahkamlaydi.
“Madaniy hamkorlik xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuv ko‘priklarini barpo etishga qodir. Bunday samimiy aloqalar, shubhasiz, bugungi murakkab dunyoda juda zarurdir, – dedi Karimov.
© Posolstvo Uzbekistana v MoskvePrezentatsiya knigi "Antologiya karakalpakskoy poezii" v posolstve Uzbekistana
Prezentatsiya knigi Antologiya karakalpakskoy poezii v posolstve Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2024
Prezentatsiya knigi "Antologiya karakalpakskoy poezii" v posolstve Uzbekistana
Tadbirda Rossiya Federatsiya Kengashi Fan, ta’lim va madaniyat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilos Umaxanov ham ishtirok etdi.
“Bizning notinch, notinch dunyomizda madaniy tarixiy o‘ziga xoslik, an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash alohida ahamiyat kasb etadi. Nashr rossiyalik kitobxonlarning keng doirasiga qardosh respublikamizning ajoyib she’riyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi”, — dedi Umaxanov.
“Qoraqalpog‘iston she’riyati antologiyasi” Alisher Usmonovning "San’at, fan va sport" xayriya jamg‘armasi yordamida nashrdan chiqqan. Kelgusida qoraqalpoq she’riyatining yana ikkita to‘plamini chiqarish ko‘zda tutilgan.
Tadbir so‘ngida Qoraqalpog‘iston diasporasi vakillari ijrosida milliy raqslar hamda Moskva oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandosh talabalarning kuy-qo‘shiqlaridan iborat madaniy dastur bo‘lib o‘tdi.
Undan tashqari, ushbu tadbir uchun maxsus elchixona ichki hovlisida qoraqalpoq o‘tovi qurildi va unda qoraqalpoq xalqining milliy buyumlari namoyish etildi.
Yangiliklar lentasi
0