Toshkent va Moskvada Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

© IA "Dunyo"V Moskve pochtili pamat osnovopolojnika uzbekskogo literaturnogo yazika Alishera Navoi
V Moskve pochtili pamat osnovopolojnika uzbekskogo literaturnogo yazika Alishera Navoi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2025
Obuna bo‘lish
Toshkent va Moskvada Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi nishonlandi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Moskva va Toshkent shaharlarida buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi tavalludining 584-yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
Bugun butun O‘zbekiston va turli mamlakatlarda buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi keng nishonlanmoqda.
Navoiy haykallari qaysi shahar va mamlakatlarda o‘rnatilgan — foto
Moskvadagi marosimda O‘zbekiston elchixonasi xodimlari, Moskva davlat tilshunoslik universiteti talabalari, shuningdek, Navoiy she’riyati muxlislari ishtirok etdi.
Moskva davlat lingvistika universiteti O‘zbek tili va madaniyati markazi direktori, o‘zbek tili o‘qituvchisi talabalarni Moskva shahri markazida o‘rnatilgan Alisher Navoiy haykali tarixi, buyuk shoir va mutafakkirning xizmatlari bilan tanishtirdi. Talabalar bilan suhbatda shoir merosining o‘rni, u tarannum etgan azaliy qadriyatlari, ilm-fan va madaniyat rivoji, adabiy xazinani kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash masalalari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Toshkentdagi Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlari, Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.
Portret poeta Alishera Navoi. Vishivka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2019
Alisher Navoiy hayoti va ijod yo‘li
Yangiliklar lentasi
0