Alisher Navoiy hayoti va ijod yo‘li
00:20 08.02.2019 (yangilandi: 17:56 19.01.2022)
© Sputnik / Viktor ChernovPortret poeta Alishera Navoi. Vishivka.
© Sputnik / Viktor Chernov
Obuna bo‘lish
Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug‘ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulug‘laganlar. “Nizomiddin” - din nizomi deganidir. Ko‘pincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” - amir demakdir.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf.
Hayot yo‘li
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahrining Bog‘i Davlatxona mavzesida tug‘ildi. Otasi G‘iyosiddin Muhammad - Temuriylar saroyida xizmat qilgan, o‘z davrining nufuzli kishilaridan biri, o‘g‘lining tarbiyasi va ta’limiga jiddiy e’tibor bergan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi ekani aytiladi. Navoiyning ota-onasi haqida ma’lumotlar kam, u o‘z asarlarida ham qarindoshlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tmagan. Navoiyning Darvesh-ali ismli ukasi bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor.
XV asrning yetuk adabiyotshunos olimlaridan biri bo‘lgan Davlatshoh Samarqandiy "Tazkirot un-shuaro" ("Shoirlar tazkirasi")da Navoiyning otasi haqida “Navoiyning otasi Abdulqosim Boburning ishonchli kishisi Chig‘atoy ulusi ulug‘laridan edi” deya qisqacha ma’lumot berib o‘tgan. Shu bilan birgalikda u G‘iyosiddin Muhammadning harbiy bo‘lganini ham ta’kidlagan.
Bo‘lajak shoirning she’riyatdagi birinchi ustozlari tog‘asi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylar bo‘lgan. Navoiy ular haqida “Majolis-un nafois”da, xususan, Qobuliy haqida: “Yaxshi tab’i bor erdi, turkchada mayli ko‘proq erdi…” deya, G‘aribiy haqida esa: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Ko‘proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xo‘b erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…”deya qisqacha to‘xtalib o‘tgan.
1447 yilda Shohrux Mirzo vafot etadi. Temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt uchun urush ketib, yurtda taloto‘plar boshlanganda Alisher Navoiyning oilasi ham ko‘p insonlar qatori yurtni tark etadi. Yo‘lda yosh Alisher buyuk tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyni uchratadi. Tarixchi Alisher bilan tanishadi, uning ilmi va farosatini olqishlaydi, duo qiladi. 1452-yili Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur Hirot taxtiga o‘tiradi. G‘iyosiddin Muhammad Sabzavor shahriga hokim yetib saylanadi, biroq oradan ko‘p o‘tmay vafot etadi. Bu vaqtda esa Alisher endigina 12 yoshga qadam qo‘yadi. Abulqosim Bobur Alisher va uning maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaroni o‘z qaramog‘iga oladi. 1457-1463 yillarda Navoiy Mashhad madrasalarida ta’lim oladi.
1463 yilda esa Hirotga qaytadi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said o‘z tartibini o‘rnatgan, muhim vazifalarga u bilan Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan, Alisher Navoiy ga yaqin kishilar quvg‘in qilingan, Husayn Boyqaro bilan birga ketgan tog‘alari — Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok bo‘lgan, yashash uchun biron joy topish muammo edi. Alisher Navoiyning o‘sha kunlardagi ahvoli uning keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherga Samarqanddan yozgan maktubidagi she’riy satrlarda nihoyatda ta’sirli va haqqoniy ifodalab berilgan.
Bu vaqtda mamlakatda taniqli shoir bo‘lib qolgan Alisher Navoiyni Abu Said ta’qib qilib, Hirotdan chiqarib yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi. Alisher Navoiy Samarqandda 1465-yildan 1469-yilning bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida o‘qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi.
1500 yillarda shoirning hayot sharoiti qiyinlashadi. Salomatligi yomonlashadi, biroq u ijoddan to‘xtamaydi. 1501-yil 3-yanvarda Navoiy kasallikdan vafot etadi. Butun Hirot xalqi buyuk shoiri uchun 7 kun davomida motam tutadi.
Shoir ijodiyoti
Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qo‘llagan.
Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi she’riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.
Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan "Xazoyin ul-maoniy" devoniga jamlangan. Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga "G‘aroyib us-sig‘ar" ("Bolalik g‘aroyibotlari"), ikkinchi qismiga "Navodir ush-shabob" ("Yigitlik nodirotlari"), uchinchi qismiga "Badoye’ ul-vasat" ("O‘rta yosh badialari") va nihoyat, to‘rtinchi qismiga "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") degan nomlar berildi. "Xazoyin ul-maoniy" inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq minglarcha she’r va o‘nlarcha she’r turlarini o‘z ichiga olgan majmua bo‘lib, Sharq adabiyoti tarixida noyob hodisadir. Bu xil majmua Alisher Navoiyga qadar Amir Xisrav Dehlaviy tomonidangina tuzilgan. Ushbu devonga kirgan minglarcha she’rlarni Alisher Navoiy butun umri davomida turli sharoitlarda, har xil sabablar bilan yozgan bo‘lib, ular shoir hayoti va u yashagan davr bilan sonsiz-sanoqsiz iplar orqali bog‘langan. Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" ga qadar "Ilk devon", "Badoye’ ul-bidoya", "Navodir un-nihoya" devonlarini tuzgan. "Xazoyin ul-maoniy" ana shu 3 devonga kirgan hamda "Navodir ul-nihoya" tuzilgandan keyin yozilgan she’rlar asosida yuzaga kelgan.
"Xazoyin ul-maoniy"dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g‘azal, umuman 4 devonda 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje’band, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo‘lib, Sharq she’riyatining 16 turi namoyondir.
1472-1476-yillarda birinchi devoni “Badoye’ ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”) devonini shoh amri va istagi bilan o‘zi kitob qiladi. Mazkur devon 777 g‘azal, 85 ruboiy, 52 muammo, 46 qit’a, 53 fard, 10 tuyuq, 10 lug‘z, 3 mustazod, 5 muxammas, 3 tarje’band, 2 musaddasdan tarkib topgan.
Alisher Navoiy butun ijodi davomida turli janr va yo‘nalishlarda salmoqli ijod qilgan. Nasrda ham, nazmda ham yetuk asarlar yaratgan. Nasrda Navoiy asosan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy, iqtisodiy yo‘nalishlarda qalam tebratgan.
Yillar | Asarlar | |||
1499 y. | „Lison ut-tayr“ | |||
1488 y. | „Tarixi mulki ajam“ | |||
1499 y. | „Muhokamat ul-lug‘atayn“ | |||
1489 yildan so‘ng | “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” | |||
1492 y. | „Xamsat ul-mutahayyirin“ | |||
1493 yildan so‘ng | „Holoti Pahlavon Muhammad“ | |||
1498 y. | „Xazoyin ul-maoniy“ | |||
1485 yildan so‘ng | “Tarixi anbiyo va hukamo” | |||
1491—1492, 1498-1499 y. | “Majolis un-nafois” | |||
1500 y. | “Mahbub ul–qulub” |
Ushbu asarlar mutafakkirning yirik asarlaridir. Ular turli yillarda, turli yo‘nalishlarda yozilgan. Navoiyning bu qadar keng qamrovda qalam tebratganidan shuni bilish mumkinki, u nafaqat shoir, balki olim, ya’ni tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf sifatida jahon ma’naviyatiga ulkan hissa qo‘shgan.
Alisher Navoiy fors tilida ham 12 ming misradan ortiq she’r, muammo janri haqida "Mufradot" risolasi, "Sittayi zaruriya", "Fusuli arbaa" turkum qissalarini yaratgan, “Devoni Foniy” devonini tuzgan. Bu asarlar shoirning Hoqoniy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy kabi fors adabiyotining yetuk namoyondalari bilan kechgan ijodiy bahslarida tug‘ilgan. Mazmunda, badiiy ifodada Navoiyning asarlari ustozlarinikidan qolishmaydi. Jumladan, Navoiy Abdurahmon Jomiyni o‘zining ustozi, hammaslagi sifatida chuqur hurmat qilgan. Jomiy “Bahoriston” asarida shogirdi Navoiy haqida jumladan shunday deydi: “…turkiy tilda hech kim Navoiydek ko‘p va xo‘p she’r aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi”.
“Xamsa” haqida qisqacha
Shubhasiz, Navoiy ijodining yuksak cho‘qqisi „Xamsa“ asaridir. Uning yaratilishi turkiy xalqlar adabiyotida muhim voqelik bo‘lgan. Shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda to‘liq „Xamsa“ yaratdi va shu bilan turkiy tilda ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. “Xamsa” ya’ni “Besh doston” asarini yaratish - mumtoz sharq adabiyotining eng mukammal an’analaridan biri bo‘lgan. Shu sabab ham tarixda “Xamsa” asarini yaratgan shoirlar barmoq bilan sanarli. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus to‘xtalib, “Xamsa” ning har bir dostoni yozilishini kunning ma’lum vaqtlarida o‘qiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlariga o‘xshatadi.
Navoiy yoshligidanoq turkiy tilda besh doston yaratishni maqsad qilgan. Va u boshqa “Hamsa” yaratgan shoirlarga nisbatan juda qisqa muddatda, ya’ni 1483-1485 yillarda yozib tugatgan. Bu davr mobaynida shoir boshqa traktatlarni ham yaratadi.
Navoiyning “Xamsa” asari “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabai’ sayyor” va “Saddi Iskandariy” kabi yirik dostonlardan iborat.
52 ming misradan iborat bu beshlik 15-asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomusi edi. Shoir voqealarni qadim Sharq tarixining Xusrav, Bahrom, Iskandar kabi nomlari afsonalar bilan chulg‘angan shaxslar, Layli va Majnun kabi oshiqlar hayotidan olgan. Davrning dardli masalalarini, avlodlarning orzu va armonlarini ko‘tarib chiqdi. "Xamsa" zamondoshlariga nihoyatda zo‘r ta’sir ko‘rsatgan. Uning ustozi Abdurahmon Jomiy uni hayajon bilan olqishladi. Sulton Husayn esa shoirni o‘zining oq otiga mindirib, jilovdorlik qildi.
Davlat va jamoat arbobi
Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir bo‘lib ishlaydi. 1487-1488-yillarda Astrobod shahriga hokimlik qiladi.
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida yuksak vakolatli kishilardan bo‘lgan. Boyqaro bolalikdagi do‘stini o‘ziga bosh vazir etib tayinlaydi. Podshoh Boyqaro doimo Navoiyning maslahatlariga amal qilgan, shu sababli, u boshqargan yillar, nisbatan tinchlikda, shaharsozlik, san’at rivoj topgan davrlar bo‘lgan. Navoiy vazir bo‘lgan yillarida Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat rivojlangan. Shoir o‘zi bosh bo‘lib, suvsiz yerlarga suv chiqargan, eski ariqlarni tozalattirgan, yangi kanallar qazdirgan. Eski binolarni ta’mirlatib, yangilarini qurdirgan. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirgan.
Jumladan “Vaqfiya” asarida Navoiy vaqf yerlari, mulklari, miqdori, foydalanish, vaqf mulki va mablag‘i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo‘nalishda madrasa va xonaqohlarda o‘rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritgan va o‘z mablag‘lari evaziga qurdirgan xayriya muassalari, ilmiy-madaniy binolar va bog‘larni sanab o‘tgan. Asar Navoiyning davlab arbobi sifatida va Husayn Boyqaro bilan munosabatlarini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi.
Xondamirning qayd qilishicha, 80-yillar davomida Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki ta’mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi "Ixlosiya", "Nizomiya" madrasalari, "Xalosiya" xonaqohi, "Shifoiya" tibgohi, Qur’on tilovat qiluvchilarga mo‘ljallangan "Dorul-huffoz" binosi, Marvdagi "Xusraviya" madrasasi, Mashhaddagi "Dorul-huffoz" xayriya binosi va boshqa noyob me’morlik yodgorliklari bor.
Alisher Navoiy hikmatlaridan
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.
Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa — tilning ofatidir.
Kimki, yolg‘on so‘zni birovga to‘nkagay, o‘z qora yuzini yog‘ga bulaydi. Ozgina yolg‘on ham ulug‘ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur.
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur.
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Onalar oyog‘i ostidadur
Ravzayi jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.
Ravzayi jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.
Yigitlikda yig‘ ilmning maxzani,
Qarilik chog‘i sarf qilg‘il ani.
Qarilik chog‘i sarf qilg‘il ani.
Navoiy g‘azal va ruboiylaridan namunalar
G‘azallar
Qaro ko‘zum
Qaro ko‘zum, kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,
Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Firoq tog‘ida topilsa tufrog‘im, ey charx,
Xamir etib, yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.
Xamir etib, yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.
Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni,
Sochingni boshtin ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.
Sochingni boshtin ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.
Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.
Yuzida terni ko‘rub o‘lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il.
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il.
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.
Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.
Mubtalo bo‘ldim sanga
Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo‘ldum sanga,
Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo‘ldum sanga,
Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko‘ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.
Men qachon dedim: "Vafo qilg‘il manga" zulm aylading,
Sen qachon deding: "Fido bo‘lg‘il manga" bo‘ldim sanga.
Sen qachon deding: "Fido bo‘lg‘il manga" bo‘ldim sanga.
Qay pari paykarga dersen telba bo‘ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo‘ldum sanga.
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo‘ldum sanga.
Ey ko‘ngul, tarki nasihat aylading ovora bo‘l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.
To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.
Kelmadi
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadii.
Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘avu ul sho‘xi badho‘ kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devanavor,
Kimsa bormukim anga ko‘rgannda kulgu kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas yo‘qsakim qo‘ydi qadam
Yo‘lg‘akim avval qadam ma’shuqqa o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla hurram et ko‘ngul uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
Ko‘zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadii.
Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘avu ul sho‘xi badho‘ kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devanavor,
Kimsa bormukim anga ko‘rgannda kulgu kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas yo‘qsakim qo‘ydi qadam
Yo‘lg‘akim avval qadam ma’shuqqa o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla hurram et ko‘ngul uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
Ko‘rgali husnungni zoru…
Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo‘ldim sanga,
Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko‘ngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.
Men qachon dedim: vafo qilg‘il manga — zulm aylading,
Sen qachon deding: fido bo‘lg‘il manga — bo‘ldum sanga.
Ey ko‘ngil, tarki nasihat ayladim avvora bo‘l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.
Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko‘ngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.
Men qachon dedim: vafo qilg‘il manga — zulm aylading,
Sen qachon deding: fido bo‘lg‘il manga — bo‘ldum sanga.
Ey ko‘ngil, tarki nasihat ayladim avvora bo‘l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.
Orazin yopqach ko‘zimdin
Orazin yopqach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
O‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh.
O‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh.
Qut bir bodomu yerim go‘shan mehrob edi,
G‘orati din etti nogah bir baloliq ko‘zu qosh.
G‘orati din etti nogah bir baloliq ko‘zu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog‘ki aylar mehr fosh.
Subhnung bot-bot dami andog‘ki aylar mehr fosh.
Bo‘sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og‘zi ichra aytur la’l ham bor nav’ tosh.
Desam og‘zi ichra aytur la’l ham bor nav’ tosh.
Novaking ko‘nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh.
Kim qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard o‘lki, bo‘ston Xizridur,
Sarvkim da’b ayladi ozodaliq birla maosh.
Sarvkim da’b ayladi ozodaliq birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo‘ygusidir barcha bosh.
Gar budur mehrob, bir-bir qo‘ygusidir barcha bosh.
O‘n sakkiz yosh hayratlari
O‘n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.
Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakkiz yil husni bor,
O‘n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.
O‘n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.
O‘n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko‘zu qoshinadur.
Husn shohi, ul balolarkim, ko‘zu qoshinadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.
Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.
Aqlg‘a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.
May ketur, ey mug‘ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy to‘kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
Istadim
Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
Kimga kim jonim fido aylab sog‘indim dam-badam,
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.
Bilmadim olam elida yo‘qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo‘qtur sog‘inib yor istadim.
Vahki, umri ulcha yo‘qtur sog‘inib yor istadim.
Ulki, topilmas bashar jinsida vah g‘aflat ko‘rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
Sirri ishqimni ko‘ngul ko‘z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.
Shayx birla xonaqahdin chun yorug‘luq topmadim,
Dayr piri xizmatig‘a ko‘yi xammor istadim.
Dayr piri xizmatig‘a ko‘yi xammor istadim.
Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g‘ussadin,
O‘zni bekaslik balosig‘a giriftor istadim.
O‘zni bekaslik balosig‘a giriftor istadim.
Meni men istagan kishi
Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg‘a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no‘shxand etmas.
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no‘shxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.
Kerak o‘z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerga javloni samand etmas.
Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerga javloni samand etmas.
Ko‘ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o‘zga bo‘ynungg‘a kamand etmas.
Ajal sarrishtasidin o‘zga bo‘ynungg‘a kamand etmas.
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Ruboiylar
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikondek oshon bo‘lmas emish.
* * *
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo‘lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak.
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikondek oshon bo‘lmas emish.
* * *
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo‘lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak.
* * *
Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo‘lmas,
Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo‘lmas,
Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
* * *
Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf’ig‘a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g‘ayri rizo qilma havas.
Dard istayu daf’ig‘a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g‘ayri rizo qilma havas.
* * *
Jonimdagi "jim" ikki dolingg‘a fido,
Andin so‘ng "alif" toza niholingg‘a fido,
"Nun"i dog‘i anbarin hilolingg‘a fido,
Qolg‘on iki nuqta ikki xolingg‘a fido.
Andin so‘ng "alif" toza niholingg‘a fido,
"Nun"i dog‘i anbarin hilolingg‘a fido,
Qolg‘on iki nuqta ikki xolingg‘a fido.
* * *
Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog‘ing yaxshi.
Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog‘ing yaxshi.
Dunyo tan olgan mutafakkir
Navoiy ijodi nafaqat O‘zbekistonda, balki Yevropa, okeanorti mamlakatlarida ham yuksak qiziqish bilan o‘rganiladi. Shu sabab, adabiyotshunoslik fanidan mustaqil “Navoiyshunoslik” fani vujudga keldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Navoiy ijodi u yashab o‘tgan davrdayoq mukammal o‘rganila boshlagan va hamon o‘rganilmoqda. Uning ijodi va hayotiga bag‘ishlab butun dunyoda minglab ilmiy ishlar, maqolalar, traktatlar, asarlar, filmlar, spektakllar, badiiy asarlar yaratilgan. Jumladan, o‘zbek adabiyotida yozuvchi Oybekning “Navoiy” romani, (bu roman bilan Oybek o‘zbek adabiyotida tarixiy shaxslar haqida badiiy asar yaratish an’anasiga asos soladi) Mirkarim Osimning turkum hikoyalari mashhur. Yevropada Navoiy asarlariga qiziqish katta. Bu borada ko‘plab sharqshunos olimlarning ishlari misol bo‘la oladi. Chunki, uning asarlari shunchaki badiiy xayolot mahsuli bo‘lib qolmasdan, sharq xalqlari tarixi va falsafasini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Alisher Navoiy asarlaridagi uslub, yo‘nalishlar keyinchalik adabiyotda ko‘plab oqimlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Buyuk sharqshunos olim Armeniy Vamberi Navoiy haqida: “hammaga ma’lum va mashhur buyuk o‘zbek shoiri” deya e’tirof etgan. Yana bir buyuk mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy haqida “Boburnoma” asarida: “Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r aytubturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”deya to‘xtalib o‘tgan.
Har yili 9-fevral - Navoiy tavallud topgan kun respublika bo‘ylab keng miqyosda nishonlanadi.
O‘zbekistonning har bir burchagida Navoiy nomi bilan nomlangan maskanlar va manzillar bor. Jumladan: bir viloyat (Navoiy viloyati), shahar, (Navoiy shahri), oliy o‘quv yurti (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti instituti), O‘zbekiston milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Adabiyot muzeyi, Toshkentdagi Katta akademik opera va balet teatri, San’at saroyi, Toshkentdagi metro bekati, o‘nlab ko‘chalar va jamoa xo‘jaliklariga Alisher Navoiy nomi berilgan. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti hamda talabalar uchun davlat stipendiyasi ham mavjud.
Respublika hududlaridan tashqari Alisher Navoiy haykallari dunyoning Moskva, Minsk, Vashington, Tokio, Boku, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida o‘rnatilgan.