Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi — foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev markaz faoliyatini tashkil etish, uning ma’no-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu markaz prezidentning 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni davlat rahbari uning poydevoriga tamal toshi qo‘ygan edi.
Ta’kidlanishicha, markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi – qadimiy Usmon Mushafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitob nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yiladi. Jahondagi eng nodir qo‘lozma Qur’onlardan namunalar ham o‘rin oladi.
“Xalqimizning boy va betakror merosiga oid ko‘p kitoblar, turli o‘lkalarga sochilib ketgan qo‘lozmalar, noyob ma’lumotlar, san’at asarlari, afsuski, bizga noma’lum edi. Mana shu markaz sabab bo‘lib tarixni o‘rganishda katta qadamlar qo‘ydik, yangi manbalar yuzaga chiqdi. Endi bularning ta’siri, natijasi qanday bo‘ladi? Ularni faqat yodgorlik sifatida saqlamasdan, faol ilmiy iste’molga kiritish, aholimiz, yoshlarimizga tushunarli tilda yetkazish, jahon jamoatchiligiga keng targ‘ib qilish kerak. Bu dargoh nafaqat o‘tmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bog‘laydigan, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi bo‘lishi zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari markazning faoliyati va ahamiyati haqida to‘xtaldi.

“Islom sivilizatsiyasining, islom ta’limotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya. Biz barpo etayotgan markazning bosh g‘oyasi, asosi ham shu. Eng muhim tomoni – yurtimizdagi islom madaniyati bilan bog‘liq bir necha ming yillik qadimiy o‘tmish bir joyda – mana shu majmuada mujassam bo‘ladi. Markaz bilan tanishgan odam ana shu tarixni yaqqol ko‘rib, islom dini, bu avvalo, tinchlik, taraqqiyot va bag‘rikenglik dini ekanini, o‘zbek xalqining dunyo tamadduniga qo‘shgan buyuk hissasini anglaydi”, – dedi prezident.

Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, markazda ulug‘ ajdodlar merosini chuqur tadqiq qilish, uni bugungi kunning o‘tkir muammolariga javob bera oladigan hayotbaxsh kuchga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
1/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
2/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
3/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
4/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
5/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
6/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
7/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
8/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
9/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
10/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
11/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
12/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
13/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
14/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
15/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
16/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
17/18
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Sentre islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
18/18
1/18
2/18
3/18
4/18
5/18
6/18
7/18
8/18
9/18
10/18
11/18
12/18
13/18
14/18
15/18
16/18
17/18
18/18
“Nasib etsa, bu majmua o‘zimizning me’moriy tajribamiz, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik maktabi, ilmiy-ma’naviy salohiyatimiz ramzi sifatida tarixga kiradi. Har bir bo‘limning mazmun-mohiyati ayni shu maqsadga qaratilishi lozim. Chet eldagi mashhur muzey va kutubxonalar, nufuzli mutaxassislar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, kitoblar, maqolalar nashr etilayotgani e’tiborga loyiq. Bu ishlar doimiy va ilmiy asosga ega bo‘lishi uchun ishni rejali tashkil qilish kerak. Bosh maqsadimiz – milliy o‘zligimizni anglash va anglatish”, – dedi davlat rahbari.
Qurilish ishlari va ekspozitsiya bilan tanishish jarayonida Shavkat Mirziyoyev markaz faoliyatini tashkil etish, uning ma’no-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi. Davlat rahbari shu yerda Toshkentning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan ham tanishdi.
Qayd etilishicha, bunday loyihalar ko‘p joylarda boshlangan. Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida 7/24 tartibida ishlaydigan o‘nlab sayyohlik manzillari tashkil etilgan.
Mutasaddilarga tadbirkor va hunarmandlar uchun qulayliklarni ko‘paytirish, sayohatlarni mazmunli va qiziqarli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Stroitsya sentr islamskoy sivilizatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2024
Islom sivilizatsiyasi markazida Qur’onni uzluksiz o‘qish rejalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0