Islom sivilizatsiyasi markazida Qur’onni uzluksiz o‘qish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovStroitsya sentr islamskoy sivilizatsii. Arxivnoe foto
Stroitsya sentr islamskoy sivilizatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2024
Obuna bo‘lish
Markaz muzeyi ochilgandan so‘ng "Qur’onlar zali"da Qur’on 24 soat davomida o‘qib boriladi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Qur’onni uzluksiz o‘qish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butnjahon jamiyati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ochilgandan so‘ng "Qur’onlar zali"da Qur’on 24 soat davomida o‘qib boriladi.
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butnjahon jamiyati tahrir hay’ati a’zosi Rustam Jabborovning so‘zlariga ko‘ra, markaz muzeyini bezashning asosiy konsepsiyasi avval boshda to‘qqiz bo‘limdan iborat edi, lekin endilikda bu konsepsiya qayta ko‘rib chiqildi va endilikda besh bo‘limdan iborat bo‘ladi.

“Bular Islomdan oldingi davr, Birinchi, Ikkinchi va Uchinchi Renessanslar hamda Qur’onlar zali. Zallar eng yangi texnologiyalar asosida jihozlanadi. Qur’onlar zalida Qur’onni uzluksiz o‘qib borish rejalashtirilmoqda", — dedi Jabborov O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi davomida.

© Unsplash/Fey MarinKoran — svashennaya kniga musulman.
Koran — svashennaya kniga musulman. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2024
Koran — svashennaya kniga musulman.
Shuningdek, Rossiyaning "Sber" texnologik kompaniya Islom sivilizatsiyasi markazi bilan barcha tillarga tarjima qilish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

"Bizda izchil va sinxron tarjimani amalga oshiruvchi "Sber-tarjimon" mavjud. Bu xalqaro konferensiyalarni o‘tkazishga yordam beradi. Kitoblarni tarjima qilish uchun multimedia platformasi yaratiladi", — dedi kompaniyaning xalqaro bo‘lim rahbari Oleg Kapitov

Hamkorlik memorandumi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Madaniy meros haftaligi doirasida imzolandi.
O‘zbekiston madaniy merosi haftaligida, shuningdek, ilk marta "o‘zbek" so‘zi ishlatilgan Qur’on qo‘lozmasi topilgani ham ma’lum qilindi. Aytilishicha, Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasidan topilgan qur’on qo‘lozmasini ayni paytda restavratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu Qur’on 1318-yilda Oltin O‘rda xoni — O‘zbekxonga atab oltin varaqqa ko‘chirilgan va bu mo‘g‘ullar davridan keyin saqlab qolingan asosiy Qur’on mus’hafi hisoblanadi.
Turkiyalik professor Emek Ushenmezning ta’kidlashicha, qo‘lozma usmoniylar hukmdori Fotih Sulton Mehmet tomonidan 1475-yilgi Qrim yurishidan o‘lja sifatida Istanbulga olib kelingan.
Uzbekskiy chtes Korana pouchastvoval v Moskovskom mejdunarodnom konkurse chtetsov Korana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
O‘zbekiston vakili Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro Qur’on tilovati musobaqasida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0