AQShda samolyot harbiy vertolot bilan to‘qnashib ketdi

© Getty Images / Andrew HarnikStolknoveniya passajirskogo samoleta Bombardier CRJ700 voyennim vertoletom Black Hawk pod Vashingtonom, SShA
Stolknoveniya passajirskogo samoleta Bombardier CRJ700 voyennim vertoletom Black Hawk pod Vashingtonom, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2025
Obuna bo‘lish
Hodisada 60 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. AQShda harbiy vertolot va “Bombardier CRJ700” yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketdi. Oq uy matbuot kotibi “Fox News”ga prezident Donald Tramp hodisa haqida xabardor qilinganini bildirdi.
AQSh favqulodda xizmatlari voqea sodir bo‘lgan joy yaqinidagi Vashingtonning Reygan aeroportida barcha parvoz va qo‘nishlarni to‘xtatdi.
“Fox News”ning yozishicha, hodisada 60 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Qutqaruv-qidiruv ishlari boshlangan.
“CBS” telekanali Vashingtondagi darodan 18 kishining jasadi olib chiqilganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, 4 kishi suvdan tirik holda chiqarildi. Qutqaruvchilar ularga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda, deb yozadi “NBC” telekanali.
Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, “Black Hawk” vertoloti Vashingtondan 40 km uzoqlikdagi bazadan uchgan va o‘quv parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Uning ichida 3 harbiy bor edi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2024
Mirziyoyev Koreyadagi aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0