https://oz.sputniknews.uz/20241229/mirziyoev-koreya-aviahalokat-hamdardlik-47384229.html
Mirziyoyev Koreyadagi aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Mirziyoyev Koreyadagi aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Samolyot bortida 181 kishi bo‘lgan. Halokat qurbonlari soni 151 kishiga yetdi. 29.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-29T15:04+0500
2024-12-29T15:04+0500
2024-12-29T15:04+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
jamiyat
o‘zbekiston
janubiy koreya
samolyot halokati
shavkat mirziyoyev
ta’ziya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1c/44569617_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1183d7faceedcba707548fc7eed26202.png
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mokga ta’ziya maktubi yo‘lladi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.O‘zbekiston yetakchisi Koreya xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.29 dekabr kuni Jeju Air aviakompaniyasining 7C 2216 reysini amalga oshiruvchi Boeing 737-800 samolyoti Muan aeroportiga qo‘nayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagidan oshib o‘tib, panjaraga urilgan. Yong‘in boshlangan. Samolyot bortida 181 kishi bo‘lgan. Xorijiy OAVga ko‘ra, ikki kishidan tashqari, samolyot bortida bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirgacha 124 kishining jasadi topilgan. O‘t o‘chiruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, halokatning ehtimoliy sabablari sifatida ob-havo sharoiti ham, qushlarning urilishi ham ko‘rilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1c/44569617_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_760addaf07627bb59a4c1a0763472fc4.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, jamiyat, o‘zbekiston, janubiy koreya, samolyot halokati, shavkat mirziyoyev, ta’ziya
dunyo yangiliklari, dunyoda, jamiyat, o‘zbekiston, janubiy koreya, samolyot halokati, shavkat mirziyoyev, ta’ziya
Mirziyoyev Koreyadagi aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Samolyot bortida 181 kishi bo‘lgan. Halokat qurbonlari soni 151 kishiga yetdi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mokga ta’ziya maktubi yo‘lladi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining
Telegram-kanalida. “O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreyaning Muan shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Koreya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mokga ta’ziya maktubi yo‘lladi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston yetakchisi Koreya xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
29 dekabr kuni Jeju Air aviakompaniyasining 7C 2216 reysini amalga oshiruvchi Boeing 737-800 samolyoti Muan aeroportiga qo‘nayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagidan oshib o‘tib, panjaraga urilgan. Yong‘in boshlangan. Samolyot bortida 181 kishi bo‘lgan. Xorijiy OAVga ko‘ra, ikki kishidan tashqari, samolyot bortida bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirgacha 124 kishining jasadi topilgan. O‘t o‘chiruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, halokatning ehtimoliy sabablari sifatida ob-havo sharoiti ham, qushlarning urilishi ham ko‘rilmoqda.