Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Pushkov: Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun Tramp Rossiya bilan muloqot qilishi kerak

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSenator, predsedatel Vremennoy komissii Soveta Federatsii po informatsionnoy politike i vzaimodeystviyu so SMI Aleksey Pushkov
Senator, predsedatel Vremennoy komissii Soveta Federatsii po informatsionnoy politike i vzaimodeystviyu so SMI Aleksey Pushkov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2025
Obuna bo‘lish
Pushkov Ukrainadagi mojaroga barham berish kaliti qayerda ekanini aytdi.
TOShKENT, 22 yanv— Sputnik. Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosiga barham berishga jiddiy kirishgan bo‘lsa, buning kaliti Rossiya bilan muloqot ekanligini tushunishi kerak, deya ma’lum qildi rossiyalik senator Aleksey Pushkov o‘zining Telegram-kanalida.
“Agar Tramp mojaroga barham berishga jiddiy kirishgan bo‘lsa - u va uning jamoasi buni jiddiy deb tasdiqlamoqda, u buning kaliti Brussel, London, Parij yoki Kiyevda emas, balki Moskvada ekanligidan kelib chiqishi kerak. U Rossiyaning xavfsizlik manfaatlariga javob beradigan formula bilan chiqishi kerak. Bu manfaatlarni chetlab o‘tish yoki Rossiyaga bosim o‘tkazish urinishlari Trampni hal etilmagan muammo bilan qoldiradi va uni Bayden siyosatining o‘ta xavfli va istiqbolsiz merosxo‘riga aylantiradi”, — deb yozdi Pushkov.
Avvalroq "Wall Street Journal" AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellogga 100 kun ichida Ukraina mojarosiga barham berishga ko‘rsatma bergani haqida xabar bergan edi.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2025
Tramp Putin bilan “tez orada” gaplashmoqchi
Yangiliklar lentasi
0