Tramp Putin bilan “tez orada” gaplashmoqchi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2025
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Ukrainadagi mojaro masalasini Xitoy rahbari bilan gaplashganini aytdi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan qulay vaqtda uchrashishga tayyorligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Oq uyda bu boradagi savolga javob berar ekan “u xohlagan vaqtda”, deb aytdi u. Tramp, shuningdek, Putinni aqlli deb atadi va AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenni hurmat qilmaganini taxmin qildi. Tramp Vladimir Zelenskiy “tinchlik”ni xohlashini, ammo “tango uchun ikki kishi kerak”ligini aytdi.
"Zelenskiy tinchlikni xohlaydi. U buni menga juda jiddiy aytdi. Lekin tango uchun ikki kishi kerak, shuning uchun nima bo‘lishini ko‘ramiz", — dedi Tramp Oq uyda.
U Vashington Kiyevga qo‘shimcha qurol yetkazib berishni o‘rganayotgani va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan rejalashtirilgan aloqalari “tez orada” amalga oshishini yana bir bor ta’kidladi.
“Biz bu masalani ko‘rib chiqapmiz”, — dedi Tramp jurnalistlarga Kiyevga qurol yetkazib berishni davom ettirishga tayyorgarlik haqidagi savolga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, u Putin bilan “tez orada” gaplashmoqchi va “hammasi qanday bo‘lishini tushunmoqchi”. "Biz bu bilan tez orada shug‘ullanamiz", deb va’da berdi Tramp.
AQSh prezidenti, shuningdek, Ukrainadagi mojaro masalasi Xitoy rahbari Si Szinpin bilan so‘nggi muloqotlari chog‘ida ham ko‘tarilganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0