https://oz.sputniknews.uz/20241015/mdh-uzbekistan-saylov-46133089.html
MDH O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholadi
MDH O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholadi
Sputnik O‘zbekiston
MDH bosh kotibi Sergey Lebedev Toshkentga 24-oktabrda kelishni rejalashtirmoqda. 15.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-15T17:51+0500
2024-10-15T17:51+0500
2024-10-15T17:51+0500
o‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
siyosat
o‘zbekiston
saylovlar
mdh
sergey lebedev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0c/33816913_0:125:3072:1853_1920x0_80_0_0_5bc276cafd92d95bc1d9a2b2347de932.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik ishlari munosib va uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev MDH Ijroiya qo‘mitasida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri Mixail Vorobyov. MDH bosh kotibining ta’kidlashicha, bu holat saylovning o‘zi ham uyushqoqlik bilan o‘tishi, oliy qonun chiqaruvchi organga eng munosib insonlarning saylanishi uchun barcha sharoit yaratilishining yaxshi kafolatidir. Lebedevning qo‘shimcha qilishicha, u missiya rahbari sifatida Toshkentga 24-oktabrda kelishni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. 25-sentabrdan buyon respublikada sakkiz nafar uzoq muddatli kuzatuvchi faoliyat yuritib, iroda ifodasini tashkil etish uchun mas’ul tuzilmalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Qisqa muddatli kuzatuvchilar O‘zbekistonga saylov boshlanishiga taxminan uch kun qolganda kela boshlaydi. O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 dan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi MDH PAdan 60 dan ortiq kuzatuvchini akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Ular orasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston parlamentlari vakillari bor. 27-oktabr kuni MDH PA kuzatuvchilari Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridagi saylov uchastkalarida bo‘ladi. Qirg‘izistonlik deputat O‘zbekistondagi saylovlarda MDH PA kuzatuvchilariga rahbarlik qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20241015/toshkent-elektron-ovoz-berish-tizim-46122211.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0c/33816913_199:0:2930:2048_1920x0_80_0_0_2f07cd59e1098e7d568cf78d28397ae4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, saylovlar, mdh, sergey lebedev
siyosat, o‘zbekiston, saylovlar, mdh, sergey lebedev
MDH O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholadi
Eksklyuziv
MDH bosh kotibi Sergey Lebedev Toshkentga 24-oktabrda kelishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik ishlari munosib va uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev MDH Ijroiya qo‘mitasida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri Mixail Vorobyov.
“Hozir MDH missiyasidan Toshkentdan olayotgan ma’lumotlarga asoslanib, shuni aytmoqchimanki, saylovga tayyorgarlik tinch, uyushqoqlik bilan, munosib davom etmoqda, — dedi u.
MDH bosh kotibining ta’kidlashicha, bu holat saylovning o‘zi ham uyushqoqlik bilan o‘tishi, oliy qonun chiqaruvchi organga eng munosib insonlarning saylanishi uchun barcha sharoit yaratilishining yaxshi kafolatidir.
“O‘zbekistonda saylov tizimi, qonunchilik takomillashtirilmoqda. MDH davlatlarida, jumladan, O‘zbekistonda saylov jarayonini tashkil etishni tartibga soluvchi kodeks va qonunlar umumiy demokratik deb atalmish meyorlarga yaqingina emas, balki ulardan ham oshib ketadi”, — dedi u.
Lebedevning qo‘shimcha qilishicha, u missiya rahbari sifatida Toshkentga 24-oktabrda kelishni rejalashtirmoqda.
“Eng qizg‘in ish saylov kuni bo‘ladi. Erta tongdan saylov uchastkalariga boramiz”, — dedi MDH bosh kotibi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. 25-sentabrdan buyon respublikada sakkiz nafar uzoq muddatli kuzatuvchi faoliyat yuritib, iroda ifodasini tashkil etish uchun mas’ul tuzilmalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Qisqa muddatli kuzatuvchilar O‘zbekistonga saylov boshlanishiga taxminan uch kun qolganda kela boshlaydi.
O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 dan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi MDH PAdan 60 dan ortiq kuzatuvchini akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Ular orasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston parlamentlari vakillari bor. 27-oktabr kuni MDH PA kuzatuvchilari Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridagi saylov uchastkalarida bo‘ladi. Qirg‘izistonlik deputat O‘zbekistondagi saylovlarda MDH PA kuzatuvchilariga rahbarlik qiladi.