O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda elektron ovoz berish tizimi qayerda sinovdan o‘tkaziladi — manzillar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishUzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta.
Uzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Elektron ovoz berish O‘zbekistonda parlament saylovlarida ovoz berish jarayonini raqamlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekistonda parlament saylovlarida onlayn ovoz berish mumkin, biroq Toshkentdagi ayrim saylov uchastkalaridagina. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Saylovda elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladi — MSK
Xususan, poytaxtdagi 16-raqamdan 25-raqamgacha bo‘lgan saylov uchastkalarida elektron ovoz berish imkoniyati yaratiladi. Shu bilan birga, saylovchilar ham elektron, ham saylov bulletenlari orqali ovoz berishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda parlament saylovlari 2024-yil 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Muddatidan oldin ovoz berish 16-23 oktabr kunlari o‘tkazildai. Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalardan jami 375 nafar, yagona saylov okrugi bo‘yicha 500 nafar nomzod ro‘yxatga olindi.
Yangiliklar lentasi
0