https://oz.sputniknews.uz/20241014/tashkent-india-goa-parvozlar-46114725.html
Toshkentdan Hindistonning Goa shtatiga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Toshkentdan Hindistonning Goa shtatiga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent-Goa-Toshkent yangi havo qatnovi haftaning yakshanba va chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
2024-10-14T16:48+0500
2024-10-14T16:48+0500
2024-10-14T16:48+0500
turizm
hindiston
o‘zbekiston
aviaparvozlar
elchixona
uzbekistan airways
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/03/45951604_0:99:3289:1949_1920x0_80_0_0_6eee945f3157161958f3cc97af8b5f38.jpg
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkentdan Hindistonning Goa shtatiga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi va "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ma’lum qilindi, deb yozmoqda "Dunyo" AA. Hindistonning Goa shtatida O‘zbekiston turizm salohiyati hamda "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi tomonidan shu yil 27-oktabr kuni yo‘lga qo‘yilayotgan Toshkent-Goa-Toshkent aviaqatnoviga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga sayyohlikning O‘zbekistonga xos bo‘lgan turlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Toshkent-Goa-Toshkent yangi havo qatnovi haftaning yakshanba va chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilganligi aytildi. Bugungi kunda Toshkentdan Dehli va Mumbay shaharlariga "Uzbekistan Airways" va "IndiGo" kompaniyalari tomonidan haftasiga 16 ta parvoz bajarilmoqda. Milliy aviatashuvchining yangi yo‘nalishni o‘zlashtirishi natijasida aviareyslar soni 18 taga yetadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/03/45951604_280:0:3011:2048_1920x0_80_0_0_806e6960b6cbe580e530cb27e68bf00f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent-goa-toshkent yangi havo qatnovi
toshkent-goa-toshkent yangi havo qatnovi
Toshkentdan Hindistonning Goa shtatiga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent-Goa-Toshkent yangi havo qatnovi haftaning yakshanba va chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkentdan Hindistonning Goa shtatiga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi va "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ma’lum qilindi, deb yozmoqda
"Dunyo" AA. Hindistonning Goa shtatida O‘zbekiston turizm salohiyati hamda "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi tomonidan shu yil 27-oktabr kuni yo‘lga qo‘yilayotgan Toshkent-Goa-Toshkent aviaqatnoviga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilarga sayyohlikning O‘zbekistonga xos bo‘lgan turlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Toshkent-Goa-Toshkent yangi havo qatnovi haftaning yakshanba va chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilganligi aytildi.
“Goaga parvozlar ham muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonchimiz komil. O‘zbekiston va unga qo‘shni mintaqalardagi davlatlar aholisi mazkur shtatning dengiz sohilida joylashgan dam olish maskanlariga qiziqishi katta. Shuningdek, Goa va unga tutash shtatlardagi sayyohlar ham endi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda”, – dedi "Aero World Travels" kompaniyasi rahbari Ajay Arya.
Bugungi kunda Toshkentdan Dehli va Mumbay shaharlariga "Uzbekistan Airways" va "IndiGo" kompaniyalari tomonidan haftasiga 16 ta parvoz bajarilmoqda. Milliy aviatashuvchining yangi yo‘nalishni o‘zlashtirishi natijasida aviareyslar soni 18 taga yetadi.