Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII davlatlarining Rossiya bilan hamkorligi raqobatlashish imkonini beradi — Overchuk

© Sputnik / Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPMEF-2023. Soyuznoe gosudarstvo Rossii i Belorussii: strategiya vzaimodeystviya
PMEF-2023. Soyuznoe gosudarstvo Rossii i Belorussii: strategiya vzaimodeystviya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2024
Obuna bo‘lish
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari “Rossiya – Islom olami: KazanForum” forumi doirasida gapirdi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlarning energetika sohasida Rossiya bilan hamkorligi ularga tashqi bozorlarda raqobatlashish imkonini beradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchuk "KazanForum" doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
U YeOII davlatlari iqtisodiyotining o‘sish sur’atlariga e’tibor qaratdi: “Qozog‘iston – 5,1 foiz, Qirg‘iziston – 6 foizdan ortiq, Armanistonda – 8,6 foiz yuqori ko‘rsatkichlar, Belarus – 3,9 foiz”.
"Bularning barchasi Rossiya bilan energetika sohasidagi o‘zaro aloqalar tufayli mamlakatlar tashqi bozorlarda raqobatlashish, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun yaxshiroq xarajat tuzilmasini yaratish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi”, – dedi Overchuk.
Bundan tashqari, forum doirasida bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda so‘zga chiqqan bosh vazir o‘rinbosari Rossiya bilan yaqin munosabatlarni saqlab turgan mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sganini ta’kidladi. Misol tariqasida Aleksey Overchuk O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston iqtisodlarini keltirdi.
Botirjon Asadov va Baxitjan Sagintayev o‘rtasidagi uchrashuv  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2024
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII 2024-2026 yillar uchun qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlamoqda
Yangiliklar lentasi
0