https://oz.sputniknews.uz/20240516/uzbekistan-eaeu-2024-2026-yil-qoshma-tadbirlar-reja-43899937.html
O‘zbekiston va YeOII 2024-2026 yillar uchun qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlamoqda
O‘zbekiston va YeOII 2024-2026 yillar uchun qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Baxitjan Sagintayev va Botirjon Asadov YeOII mamlakatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
2024-05-16T15:00+0500
2024-05-16T15:00+0500
2024-05-16T16:24+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
o‘zbekiston
mdh
moskva
elchi
botirjon asadov
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43897730_0:0:1401:789_1920x0_80_0_0_bf62483f3ec0d8eb45e50f34f240fa84.jpg
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2024-2026 yillar uchun qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raisi Baxitjan Sagintayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilindi, deya xabar berdi YeIK matbuot xizmati.Uchrashuvda YeOII mamlakatlari bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, turli sohalarda integratsion aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishning borishi muhokama qilindi.Sagintayevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston ayni paytda YeOIIning ittifoqqa a’zo bo‘lmagan MDH davlatlaridan savdo hamkorlari orasida birinchi, savdo sheriklari umumiy ro‘yxatida esa yettinchi o‘rinda turadi.Ishlarning bugungi holati o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va Yevroosiyo “beshligi” davlatlari va O‘zbekiston iqtisodiyoti salohiyatini yanada ochish uchun mustahkam asos bo‘lmoqda. Hozirda Komissiya YeOII mamlakatlari bilan birgalikda O‘zbekistonning bir qator aniq kooperativ sanoat va infratuzilma loyihalariga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.O‘z navbatida Asadov O‘zbekiston kuzatuvchi davlat maqomidan maksimal darajada foydalanishdan manfaatdor ekanligini va YeOIIda amalga oshirilayotgan sanoat loyihalariga qo‘shilishga tayyorligini ta’kidladi.Tomonlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hozirda YeIK va O‘zbekiston hukumatining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarining yangi rejasi tayyorlanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20240509/mirziyoyev-eoii-43798021.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43897730_24:0:1236:909_1920x0_80_0_0_3c41aa29bd61aac379c94f47161c2201.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
baxitjan sagintayev botirjon asadov yeoii
baxitjan sagintayev botirjon asadov yeoii
O‘zbekiston va YeOII 2024-2026 yillar uchun qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlamoqda
15:00 16.05.2024 (yangilandi: 16:24 16.05.2024) Baxitjan Sagintayev va Botirjon Asadov YeOII mamlakatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2024-2026 yillar uchun qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raisi Baxitjan Sagintayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilindi, deya xabar berdi YeIK
matbuot xizmati. Uchrashuvda YeOII mamlakatlari bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, turli sohalarda integratsion aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishning borishi muhokama qilindi.
Sagintayevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston ayni paytda YeOIIning ittifoqqa a’zo bo‘lmagan MDH davlatlaridan savdo hamkorlari orasida birinchi, savdo sheriklari umumiy ro‘yxatida esa yettinchi o‘rinda turadi.
Ishlarning bugungi holati o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va Yevroosiyo “beshligi” davlatlari va O‘zbekiston iqtisodiyoti salohiyatini yanada ochish uchun mustahkam asos bo‘lmoqda. Hozirda Komissiya YeOII mamlakatlari bilan birgalikda O‘zbekistonning bir qator aniq kooperativ sanoat va infratuzilma loyihalariga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
O‘z navbatida Asadov O‘zbekiston kuzatuvchi davlat maqomidan maksimal darajada foydalanishdan manfaatdor ekanligini va YeOIIda amalga oshirilayotgan sanoat loyihalariga qo‘shilishga tayyorligini ta’kidladi.
Tomonlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hozirda YeIK va O‘zbekiston hukumatining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarining yangi rejasi tayyorlanmoqda.