Rossiya musulmon dunyosi bilan aloqalarni rivojlantirmoqda — muftiy Krganov

© Fotoxost-agentstvo "RIA Novosti" / Mediabankka o‘tishPodgotovka k forumu "Rossiya - islamskiy mir: KAZANFORUM" 2024
Podgotovka k forumu Rossiya - islamskiy mir: KAZANFORUM 2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya musulmonlari diniy assambleyasi rahbari Albir Krganov “Rossiya – Islom olami: KazanForum” XV xalqaro iqtisodiy forumida so‘zga chiqdi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. G‘arb Rossiya bilan gibrid urush, izolyatsiya siyosatini olib bormoqda, Rossiya Federatsiyasi esa musulmon dunyosi, birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Bu haqda muftiy, Rossiya musulmonlari diniy assambleyasi rahbari Albir Krganov “Rossiya – Islom olami: KazanForum” XV xalqaro iqtisodiy forumi doirasida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“G‘arb Rossiya bilan gibrid urush, izolyatsiya siyosatini olib bormoqda, Rossiya Federatsiyasi esa musulmon dunyosi, birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Bizning burchimiz tinch-totuv yashash, madaniyatlar, xalqlar va dinlarga o‘zaro hurmat an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishdir. Dinlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish va muloqotni davom ettirishga intilish”, — dedi muftiy.
U o‘z so‘zida islom olami zamonaviy xavfsizlikni rivojlantirishning fundamental masalalari bo‘yicha Rossiyaning ishonchli hamkori bo‘lishi kerakligiga ishonch bildirdi.
Muftiyning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda mamlakatda 25 millionga yaqin musulmon istiqomat qiladi. Rossiya musulmonlari diniy assambleyasi O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston muftiylari bilan shartnomalar imzolangan.
Podgotovka k forumu Rossiya - islamskiy mir: KAZANFORUM 2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2024
Tataristonda “Rossiya – Islom olami: KazanForum” iqtisodiy forumi ish boshladi
Yangiliklar lentasi
0