Tataristonda “Rossiya – Islom olami: KazanForum” iqtisodiy forumi ish boshladi

© ANO "Direksiya sportivnix i sotsialnix proyektov" / Mediabankka o‘tishPodgotovka k forumu "Rossiya - islamskiy mir: KAZANFORUM" 2024
Podgotovka k forumu Rossiya - islamskiy mir: KAZANFORUM 2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
KazanForum biznes dasturiga ko‘ra, bugun 10 dan ortiq tadbirlar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Bugun Qozonda “Rossiya – islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirning ochilish marosimida Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin ishtirok etdi. Shuningdek, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya ham "Halol eksport" xalqaro forumining asosiy tadbirlarida qatnashmoqda. Delegatsiya vakillarini Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov kutib oldi.
"Islom olami har doim Rossiya uchun dunyodagi eng muhim iqtisodiy sheriklardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. So‘nggi yillarda ishbilarmonlik aloqalarimiz izchil rivojlanib bormoqda”, — dedi Pesoshin.
Forum dasturidan Rossiya, O‘zbekiston, IHT davlatlari va boshqa mamlakatlar ekspertlari ishtirokida 125 ta mavzuli sessiya o‘rin olgan. Demak, "KazanForum" biznes dasturiga ko‘ra, bugun 10 dan ortiq tadbirlar o‘tkaziladi.
Bugunning asosiy voqealari:
"Russia Halal Expo" ko‘rgazmasining ochilishi;
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining “Islom olami bilan ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish sharoitida iqtisodiy xavfsizlik kafolatlari va tahdidlarni to‘xtatish” sessiyasi;
Rossiya Federatsiyasi Sport vazirligidan "Islom va sport" sessiyasi;
Islom moliyasi asoslari kursi;
“Zamonaviy dunyo va IHT mamlakatlarida axborot sohasini o‘zgartirishning asosiy tendensiyalari” sessiyasi;
Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Rossiya-Malayziya qo‘shma komissiyasi doirasida turizm bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi”;
"Ayollar nigohi" trekining sessiyasi;
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining "IHT yangi ko‘p qutbli dunyoning markazi" sessiyasi;
“MDH, BRIKS, ShHT, YeOII mamlakatlarida zamonaviy va an’anaviy tibbiyotni rivojlantirish strategiyasi” ma’ruzasi va boshqalar.
Shuningdek, ko‘chmas mulk ko‘rgazmasining ochilishi, IHTga a’zo davlatlar yosh tadbirkorlari forumi va Islom davlatlarining yosh oshpazlari xalqaro turniri ham rejalashtirilgan.
 “Rossiya – islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2024
Bugun Qozonda “Rossiya – Islom olami: KazanForum” iqtisodiy forumi boshlanadi — dastur
Yangiliklar lentasi
0