https://oz.sputniknews.uz/20240514/kazanforum-russia-islom-olam-iqtisod-43863123.html
Bugun Qozonda “Rossiya – Islom olami: KazanForum” iqtisodiy forumi boshlanadi — dastur
Bugun Qozonda “Rossiya – Islom olami: KazanForum” iqtisodiy forumi boshlanadi — dastur
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ham xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etadi.
2024-05-14T10:49+0500
2024-05-14T10:49+0500
2024-05-14T10:49+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
qozon
forum
rossiya — islom olami: kazanforum
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/0d/43857719_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_63b269d4676a341c902f458b9aa8cf8e.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Bugun Qozonda “Rossiya – islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi boshlanadi, uning dasturi 12 ta yo‘nalish bo‘yicha 125 ta mavzuli sessiyani o‘z ichiga oladi, deb xabar qilmoqda forum tashkilotchilari.Forum 14-19 may kunlari "Kazan Ekspo" xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy mavzusi “Ishonch va hamkorlik”dir, deyiladi xabarda."KazanForum" biznes dasturi 12 ta tematik yo‘nalishni birlashtiradi: xalqaro hamkorlik, iqtisodiyot, turizm, biznes, fan va texnologiyalar, islom moliyasi va investitsiyalari, sport, halol sanoat va boshqalar.Dastur Rossiya hududlari, Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari va boshqa mamlakatlar ekspertlari ishtirokida 125 ta mavzuli sessiyani o‘z ichiga oladi.Forum doirasida, xususan, “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhining adolatli ko‘p qutbli dunyo tartibi va xavfsiz rivojlanish, Islom mamlakatlari savdo-sanoat palatalari xalqaro forumi va Rossiya eksport markazining hamkorlikda moliyalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.Hukumatlararo komissiyalarning majlislari o‘tkaziladi. Delegatlar, jumladan, multimodal transport koridorlarini rivojlantirish, turizm, Rossiyaning halol mahsulotlari eksporti, iqtisodiy xavfsizlik, hamkorlikni moliyalashtirish, sanoat, texnologik, ta’lim va madaniy loyihalarga bag‘ishlangan sessiyalarda uchrashadi.Yalpi majlis 17-may kuni o‘tkazilib, unda mutaxassislar Rossiya va Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari o‘rtasidagi turli sohalardagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama va forum natijalarini sarhisob qilishadi.Dasturdan, shuningdek, IHT mamlakatlari yosh tadbirkorlarining X Qozon forumi, IHTga a’zo mamlakatlar yosh diplomatlari forumi, startaplar taqdimoti, yosh oshpazlar turniri va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.KazanForum doirasida Russia Halal Expo xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.Rossiya va musulmon davlatlari pozitsiyalari mos keladi — MinnixanovShuningdek, forum dasturidan "Modest Fashion Day" ham o‘rin olgan. Unda Rossiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, BAA, Senegal, Fransiya hamda MDH mamlakatlari dizaynerlari o‘z kolleksiyalarini taqdim etishadi.Bundan taqshqari "Kazan Halal Market" xalqaro savdo yarmarkasi ham tashkil etiladi.Avvalroq Tatariston sarmoyalarni rivojlantirish agentligi rahbari Taliya Minullina may oyi boshida forumga 79 davlatdan deyarli 11 ming ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgani haqida xabar bergan edi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, eng yirik delegatsiyalar Misr, Indoneziya, Qozog‘iston, Liviya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Senegal, Turkmaniston va O‘zbekistondan kutilmoqda.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumining eng yirik ishtirokchilaridan biriga aylangan edi.
qozon
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/0d/43857719_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_d40db16136dadc744c0b06d3001a3777.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozon “rossiya – islom olami: kazanforum” xalqaro iqtisodiy forumi
qozon “rossiya – islom olami: kazanforum” xalqaro iqtisodiy forumi
Bugun Qozonda “Rossiya – Islom olami: KazanForum” iqtisodiy forumi boshlanadi — dastur
O‘zbekiston ham xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etadi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Bugun Qozonda “Rossiya – islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi boshlanadi, uning dasturi 12 ta yo‘nalish bo‘yicha 125 ta mavzuli sessiyani o‘z ichiga oladi, deb xabar qilmoqda
forum tashkilotchilari. Forum 14-19 may kunlari "Kazan Ekspo" xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy mavzusi “Ishonch va hamkorlik”dir, deyiladi xabarda.
"KazanForum" biznes dasturi 12 ta tematik yo‘nalishni birlashtiradi: xalqaro hamkorlik, iqtisodiyot, turizm, biznes, fan va texnologiyalar, islom moliyasi va investitsiyalari, sport, halol sanoat va boshqalar.
Dastur Rossiya hududlari, Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari va boshqa mamlakatlar ekspertlari ishtirokida 125 ta mavzuli sessiyani o‘z ichiga oladi.
Forum doirasida, xususan, “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhining adolatli ko‘p qutbli dunyo tartibi va xavfsiz rivojlanish, Islom mamlakatlari savdo-sanoat palatalari xalqaro forumi va Rossiya eksport markazining hamkorlikda moliyalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Hukumatlararo komissiyalarning majlislari o‘tkaziladi. Delegatlar, jumladan, multimodal transport koridorlarini rivojlantirish, turizm, Rossiyaning halol mahsulotlari eksporti, iqtisodiy xavfsizlik, hamkorlikni moliyalashtirish, sanoat, texnologik, ta’lim va madaniy loyihalarga bag‘ishlangan sessiyalarda uchrashadi.
Yalpi majlis 17-may kuni o‘tkazilib, unda mutaxassislar Rossiya va Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari o‘rtasidagi turli sohalardagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama va forum natijalarini sarhisob qilishadi.
Dasturdan, shuningdek, IHT mamlakatlari yosh tadbirkorlarining X Qozon forumi, IHTga a’zo mamlakatlar yosh diplomatlari forumi, startaplar taqdimoti, yosh oshpazlar turniri va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.
KazanForum doirasida Russia Halal Expo xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, forum dasturidan "Modest Fashion Day" ham o‘rin olgan. Unda Rossiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, BAA, Senegal, Fransiya hamda MDH mamlakatlari dizaynerlari o‘z kolleksiyalarini taqdim etishadi.
Bundan taqshqari "Kazan Halal Market" xalqaro savdo yarmarkasi ham tashkil etiladi.
Avvalroq Tatariston sarmoyalarni rivojlantirish agentligi rahbari Taliya Minullina may oyi boshida forumga 79 davlatdan deyarli 11 ming ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgani haqida xabar bergan edi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, eng yirik delegatsiyalar Misr, Indoneziya, Qozog‘iston, Liviya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Senegal, Turkmaniston va O‘zbekistondan kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumining eng yirik ishtirokchilaridan biriga
aylangan edi.