https://oz.sputniknews.uz/20240221/ozbekiston-ijara-bozor-talab-42595255.html
O‘zbekiston ijara bozorida talab pasayishda davom etmoqda
O‘zbekiston ijara bozorida talab pasayishda davom etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etdi.
2024-02-21T10:37+0500
2024-02-21T10:37+0500
2024-02-21T10:37+0500
iqtisod
o‘zbekiston
ko‘chmas mulk
uy
ijara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37418906_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0d5f6742d8a8d2443a031c5fff8a4aa5.jpg
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston ijara bozorida talab pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori barqarorligicha qolmoqda.Uy-joylar savdosi Xorazm – 75%, Sirdaryo – 51%, Samarqand – 48% va Surxondaryo – 42% viloyatlarida sezilarli darajada oshgani qayd etildi.Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon poytaxtda o‘rtacha ijara narxi 2,2%ga pasaydi va 1 kv.m. uchun 9 dollarni tashkil etdi.Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida narxlar biroz pasayganiga qaramay, bu yerda eng yuqori narxlar saqlanib qolmoqda, uy-joyni ijaraga olish har kv.m. uchun o‘rtacha 11 dollarni tashkil etadi. Nisbatan arzon ijara narxlari Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida 1 kv.m. uchun 6 dollardan 8 dollargacha qayd etildi.Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6%ga o‘sdi. Yillik hisobda ikkilamchi bozor 18%ga oshdi. Eng sezilarli o‘sish Xorazm, Toshkent va Andijon viloyatlarida o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 30%ga o‘sish kuzatildi.O‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi bozorning o‘rtacha narxi deyarli 20%ga oshdi.
https://oz.sputniknews.uz/20231218/toshkent-uy-joy-savdo-41612781.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37418906_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_ab3fb261b534f33af3256be69b766f05.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ijara bozor talab uy-joy toshkent
o‘zbekiston ijara bozor talab uy-joy toshkent
O‘zbekiston ijara bozorida talab pasayishda davom etmoqda
Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etdi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston ijara bozorida talab pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori barqarorligicha qolmoqda.
“Ijara bozorida talab pasayishda davom etmoqda. Mavsumiy pasayish kuzatilayotganiga qaramay, tahlilchilar Uchtepa, Bektemir va Sergeli tumanlarida faollik oshganini qayd etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Uy-joylar savdosi Xorazm – 75%, Sirdaryo – 51%, Samarqand – 48% va Surxondaryo – 42% viloyatlarida sezilarli darajada oshgani qayd etildi.
Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon poytaxtda o‘rtacha ijara narxi 2,2%ga pasaydi va 1 kv.m. uchun 9 dollarni tashkil etdi.
"E’tiborlisi, Uchtepa, Bektemir va Sergeli tumanlarida ijara haqi mos ravishda 3,4%, 2,1% va 1,1%ga qimmatlashgani qayd etildi. Shayxontohur va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida ijara haqi sezilarli darajada pasaygan, bu hududlarda ijara narxi 5%dan ko‘proqqa arzonlashgan", — deya qo‘shimcha qilindi xabarda.
Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida narxlar biroz pasayganiga qaramay, bu yerda eng yuqori narxlar saqlanib qolmoqda, uy-joyni ijaraga olish har kv.m. uchun o‘rtacha 11 dollarni tashkil etadi. Nisbatan arzon ijara narxlari Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida 1 kv.m. uchun 6 dollardan 8 dollargacha qayd etildi.
Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6%ga o‘sdi. Yillik hisobda ikkilamchi bozor 18%ga oshdi. Eng sezilarli o‘sish Xorazm, Toshkent va Andijon viloyatlarida o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 30%ga o‘sish kuzatildi.
“Yanvar oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli o‘zgarmadi va bir kv.m. uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobod tumanlarida narxlar biroz sezilarli darajada oshgani qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
O‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi bozorning o‘rtacha narxi deyarli 20%ga oshdi.