Toshkentda uy-joy savdosi o‘tgan yilga nisbatan 24% ga kamaydi

© Sputnik / Aktan TemirkanovZdaniya na territorii kompleksa Tashkent-Siti.
Zdaniya na territorii kompleksa Tashkent-Siti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2023
Obuna bo‘lish
Noyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 4 foizga oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan 800 ta uy-joyga ko‘proq.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Toshkentda uy-joy savdosi o‘tgan yilga nisbatan 24% ga kamaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, noyabr oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori xaridorlarni jalb qildi.
Ikki oylik pasayishdan so‘ng ko‘chmas mulk bozorida faollik o‘sishni boshladi. Mutaxassislar hozirgi bozor holatini o‘rtacha barqaror deb hisoblashadi. Savdolarning pasayishi to‘xtadi, ammo keskin o‘sish kuzatilmadi.
Noyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 4 foizga oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan 800 ta uy-joyga ko‘proq.
Oy davomida faollikning eng ko‘p o‘sishi Xorazm – 23 foiz, Namangan – 16 foiz va Jizzax viloyatlarida – 12 foiz qayd etildi.

“Yil davomida uy-joy savdosi 10% ga kamaydi. Faollikning eng ko‘p pasayishini ko‘rsatgan hududlar Navoiy va Jizzax viloyatlari bo‘lib, mos ravishda 23% va 18% ga pasaygan. Poytaxtda sotuvlar o‘tgan yilga nisbatan 24% ga kamaydi”, — deyiladi xabarda.

Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat

Noyabr oyida Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi oktabr oyidagi 9,5 dollarga nisbatan 2,1% ga biroz pasaydi va 1 kv.m. uchun 9,3 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning 11 ta tumanidan 10 tasida ijara narxining pasayishi qayd etildi.
Ijara uchun eng qimmat hududlar Shayxontohur (kv.m. $11,6), Yakkasaroy ($10,9) va Mirobod ($11,5) tumanlari bo‘ldi. Poytaxtdagi uy-joy ijarasi Uchtepa ($8,1), Sergeli ($7,1) va Bektemir ($6.2) tumanlarida eng maqbul narxlarda qolmoqda.
Shu bilan birga, poytaxtda o‘rtacha ijara narxi o‘tgan yilga nisbatan 6,1 foizga kamaydi. Yil boshidan buyon ijaraning o‘rtacha narxi 9,2%ga kamaydi.
Poytaxtda ijara narxi bir oy ichida faqat Bektemir tumanida 3,7%ga oshdi.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

Noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi bir kv.m. uchun 0,7% ni tashkil etdi, o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon ikkilamchi uy-joy narxi deyarli 18,2% ga oshdi.
Yil davomida Xorazm – 32,9%, Toshkent – 31,0% va Buxoro – 26,9% viloyatlarida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etildi.
Toshkent shahrida noyabr oyi davomida ikkilamchi uy-joy narxi 0,4%ga oshdi. Poytaxtda narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Shayxontohur – 1,7%, Yunusobod – 1,6% va Sergeli – 1,5% tumanlarida kuzatildi.
Yil davomida poytaxtda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 22,8% ga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 17 foizga kamaydi, oldi-sotdi bitimlari soni bir oy oldingi 28 mingtaga nisbatan 23 mingtani tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0