https://oz.sputniknews.uz/20240212/nostandart-yondashuv-bozor-eik-savdo-vazir-42454246.html
Biz nostandart yondashuvlar zarur bo‘lgan murakkab bozorlarga kirapmiz — YeIK savdo vaziri
Biz nostandart yondashuvlar zarur bo‘lgan murakkab bozorlarga kirapmiz — YeIK savdo vaziri
Sputnik O‘zbekiston
Andrey Slepnev Eronda YeOII savdo uylarini yaratishga chaqirdi, chunki tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun faqat savdo kelishuvi yetarli emas.
2024-02-12T15:19+0500
2024-02-12T15:19+0500
2024-02-12T15:19+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
rossiya
yeik
baa
indoneziya
hindiston
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40175275_0:0:3132:1762_1920x0_80_0_0_388e71c30a3c689b09689b1f760b4250.jpg
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Eronda va boshqa istiqbolli hamkor davlatlar hududlarida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) savdo uylarini yaratish tashabbusini ishlab chiqish zarur. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov “Rossiya-2030 va yangi jahon iqtisodiy tartibi: asosiy omillar va biznesning roli” xalqaro forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi YeIK matbuot xizmati.Vazir o‘tgan yil oxirida Eron bilan to‘liq ko‘lamli erkin savdo bitimining imzolanishi natijasida ushbu mamlakat bozoriga kirish uchun eksklyuziv shartlarga erishilganini eslatdi.Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, tovar ayirboshlashning zudlik bilan o‘sishi uchun faqat savdo kelishuvining o‘zi yetarli emas. Shunga asoslanib, u Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) allaqachon bir necha bor boshlagan savdo uylari tashabbusiga e’tibor qaratdi.Shu munosabat bilan Andrey Slepnyov hozirda Indoneziya va BAA bilan erkin savdo bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani va YeIK Misr bilan yakuniy kelishuvlarga erishishga umid qilayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Komissiya ushbu mamlakatning Shimoliy-Janub iqtisodiy koridori uchun ahamiyatini inobatga olgan holda Hindiston yo‘lini faollashtirishga umid qilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20240207/eoii-davlatlari-loyihala-qollab-quvvatlash-hujjat-ratifikatsiya-42381507.html
baa
indoneziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40175275_85:0:2816:2048_1920x0_80_0_0_a8a6729a168578cadcd67b5f567c4262.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
andrey slepnev eron yeoii savdo uylari tovar ayirboshlash hajmi yeik
andrey slepnev eron yeoii savdo uylari tovar ayirboshlash hajmi yeik
Biz nostandart yondashuvlar zarur bo‘lgan murakkab bozorlarga kirapmiz — YeIK savdo vaziri
Andrey Slepnyov Eronda YeOII savdo uylarini yaratishga chaqirdi, chunki tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun faqat savdo kelishuvi yetarli emas.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Eronda va boshqa istiqbolli hamkor davlatlar hududlarida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) savdo uylarini yaratish tashabbusini ishlab chiqish zarur. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov “Rossiya-2030 va yangi jahon iqtisodiy tartibi: asosiy omillar va biznesning roli” xalqaro forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi YeIK
matbuot xizmati. Vazir o‘tgan yil oxirida Eron bilan to‘liq ko‘lamli erkin savdo bitimining imzolanishi natijasida ushbu mamlakat bozoriga kirish uchun eksklyuziv shartlarga erishilganini eslatdi.
“Vaqtinchalik kelishuv muddati davomida biz savdo aylanmasini ikki baravar oshirdik, doimiy kelishuv kuchga kirgandan so‘ng qisqa vaqt ichida bu ikki barobar ko‘paytirilishini kutamiz. Taxminan uch yil ichida 12 milliard dollarga yetib, Eron bilan tovar ayirboshlash hajmini hozirgi 6 milliard dollarga nisbatan 18-20 milliardga yetkazishga umid qilamiz”, — dedi Slepnyov.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, tovar ayirboshlashning zudlik bilan o‘sishi uchun faqat savdo kelishuvining o‘zi yetarli emas. Shunga asoslanib, u Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) allaqachon bir necha bor boshlagan savdo uylari tashabbusiga e’tibor qaratdi.
“Biz ushbu tashabbusni qanday qilib to‘g‘ri tashkil etish haqida birgalikda o‘ylashimiz kerak. Biz nostandart yondashuvlar zarur bo‘lgan murakkab bozorlarga chiqmoqdamiz”, — deya ta’kidladi YeIK savdo vaziri.
Shu munosabat bilan Andrey Slepnyov hozirda Indoneziya va BAA bilan erkin savdo bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani va YeIK Misr bilan yakuniy kelishuvlarga erishishga umid qilayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Komissiya ushbu mamlakatning Shimoliy-Janub iqtisodiy koridori uchun ahamiyatini inobatga olgan holda Hindiston yo‘lini faollashtirishga umid qilmoqda.