Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII davlatlarida loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga oid hujjat ratifikatsiya qilindi

© Sputnik / Press-slujba Soveta Federatsii RF / Mediabankka o‘tishZasedanie Soveta Federatsii
Zasedanie Soveta Federatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Obuna bo‘lish
Federatsiya Kengashi YeOIIda qo‘shma sanoat loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bayonnomasini ratifikatsiya qilishni ma’qulladi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlar kirituvchi bayonnomani ratifikatsiya qildi, deb yozadi RIA Novosti.
Tasdiqlangan tuzatishlar YeOII davlatlari tomonidan qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy yordam ko‘rsatishga taalluqli.
Hujjatga muvofiq, ushbu maqsadlar uchun kelgusi moliyaviy yilda YeOII budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan moliyaviy yilda ittifoqqa a’zo davlatlar budjetlariga maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlaridan tushgan tushumlarning umumiy miqdorining foizi sifatida belgilanadi.
Bayonnomada ushbu foiz miqdori va moliyaviy yordam shakli Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi tomonidan belgilanishi ham qayd etilgan.
YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan loyihalarni tanlash va amalga oshirish, shuningdek, ularga YeOII budjetidan moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi tomonidan tasdiqlangan reglamentga muvofiq belgilanadi.
YeAES 2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining narxlar indeksi qanday o‘zgardi?
Yangiliklar lentasi
0