https://oz.sputniknews.uz/20240122/misr-ozbekiston-gepatit-42-mln-dollar-preparat-42134728.html
Bu yil Misr O‘zbekistonga gepatitga qarshi 4,2 mln dollarlik preparatlar beradi
Bu yil Misr O‘zbekistonga gepatitga qarshi 4,2 mln dollarlik preparatlar beradi
Sputnik O‘zbekiston
Misr O‘zbekistonga 2025-yilga qadar kasallikning S turiga qarshi preparatlarni beg‘araz yordam sifatida beradi.
2024-01-22T13:00+0500
2024-01-22T13:00+0500
2024-01-22T13:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
misr
dori
gepatit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36337911_37:0:521:272_1920x0_80_0_0_32135aeb93ba76207c1eb65f5be6ab88.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Shu yilning o‘zida Misrdan O‘zbekistonga gepatitga qarshi 4,2 mln dollarlik preparatlar olib kelinadi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.Qayd etilishicha, prezidentning gepatit S ga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024-yilda ham davom etadi.Xususan, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollarlik jami 800 ming dona kasallikning S turiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir" hamda V turiga qarshi "Entekavir" preparatlari beg‘araz yordam sifatida berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.Kuni kecha Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan "Sofosbuvir-400mg" dori vositasi yetkazib berildi.Endilikda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti 6720 donadan iborat ushbu preparatlarni shifotalab bemorlarga taqsimlaydi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Misr hukumati O‘zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratgan gepatit S ga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining o‘ninchi qismi Toshkentga olib kelingan edi. Jami 114 ta qutida 3 ming donadan ortiq dori vositalari keltirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230614/gepatit-c-muloyim-qotil-isakov-35966343.html
o‘zbekiston
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1b/36337911_97:0:460:272_1920x0_80_0_0_1fa58cd19240fa815c6dd7807f269272.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
misr o‘zbekiston kasallikning s turi preparat gepatit
misr o‘zbekiston kasallikning s turi preparat gepatit
Bu yil Misr O‘zbekistonga gepatitga qarshi 4,2 mln dollarlik preparatlar beradi
Misr O‘zbekistonga 2025-yilga qadar kasallikning S turiga qarshi preparatlarni beg‘araz yordam sifatida beradi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Shu yilning o‘zida Misrdan O‘zbekistonga gepatitga qarshi 4,2 mln dollarlik preparatlar olib kelinadi, deya xabar berdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi. Qayd etilishicha, prezidentning gepatit S ga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024-yilda ham davom etadi.
Xususan, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollarlik jami 800 ming dona kasallikning S turiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir" hamda V turiga qarshi "Entekavir" preparatlari beg‘araz yordam sifatida berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
“Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming dollarga teng mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi”, — deyiladi xabarda.
Kuni kecha Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan "Sofosbuvir-400mg" dori vositasi yetkazib berildi.
Endilikda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti 6720 donadan iborat ushbu preparatlarni shifotalab bemorlarga taqsimlaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Misr hukumati O‘zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratgan gepatit S ga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining o‘ninchi qismi Toshkentga olib kelingan edi. Jami 114 ta qutida 3 ming donadan ortiq dori
vositalari keltirilgan.