O‘zbekistonlik Umida Omonova shaxmatning blis yo‘nalishida Osiyo chempioniga aylandi

© Federatsiya Shaxmat Uzbekistana Uzbekistanskaya shaxmatistka stala chempionkoy mira
Uzbekistanskaya shaxmatistka stala chempionkoy mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2023
Obuna bo‘lish
Umida Omonova blis yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik Umida Omonova shaxmatning blis yo‘nalishida Osiyo chempioniga aylandi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Ayni kunlarda BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.

“O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova blis yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Davron Sharipov 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husnitdinovalar 3-o‘rin sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova Italiyada bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo‘lgan toifasida muddatidan avval jahon chempioni bo‘lgan edi.
Jahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2023
Saida Mirziyoyeva shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Afruza Hamdamovani shaxsan o‘zi kutib oldi
Yangiliklar lentasi
0