Saida Mirziyoyeva shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Afruza Hamdamovani shaxsan o‘zi kutib oldi

© Saida MirziyoyevaJahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi.
Jahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2023
Obuna bo‘lish
Jahon chempioni Afruza Hamdamovani Toshkentda O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva kutib oldi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Jahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Kuni kecha, o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova Italiyada bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo‘lgan toifasida muddatidan avval jahon chempioni bo‘ldi.
Jahon chempioni Afruza Hamdamovani Toshkentda O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva kutib oldi.
© Saida MirziyoyevaJahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi.
Chempionka Afruza Xamdamova vernulas v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2023
Jahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi.

Ayol shaxmatchilarimiz orasida o‘smirlar o‘rtasida birinchi jahon chempioni sifatida O‘zbekiston shaxmati tarixiga kirgan bu zukko va dovurak qizaloqni shaxsan kutib olganim menga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi. O‘z g‘alabalari bilan barcha tashabbuslarimiz, biz kurashayotgan maqsadlarimiz to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan Afruzadan juda minnatdorman. Teng imkoniyatlar, xotin-qizlarga hurmat va ular iqtidorining e’tirofi shular jumlasidan", — deb yozadi Mirziyoyeva.

© Saida MirziyoyevaJahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi.
Chempionka Afruza Xamdamova vernulas v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2023
Jahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi.
U shuningdek, "qizaloqning bosh murabbiyi – otasi Akbar aka Hakimovga alohida rahmat aytmoqchiman. Qizingizning iste’dodini rivojlantirishga kuch va vaqtingizni ayamaganingiz uchun tashakkur. Xotin-qizlarimizni yuqoriga ko‘tarayotgan bunday otalar, erkaklar yanada ko‘p bo‘lsin", — deya qo‘shimcha qilgan.
© Saida MirziyoyevaJahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi.
Chempionka Afruza Xamdamova vernulas v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2023
Jahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Uzchess kanaliga ko‘ra, so‘nggi tur natijasidan qat’i nazar, Afruza chempionga aylanadi, chunki unga yetib olishi mumkin bo‘lgan yagona ta’qibchisi — qozog‘istonlik shaxmatchini o‘zaro o‘yinda mag‘lub etgan. Musobaqa nizomiga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro o‘yinga qaraladi. Shu tariqa, Afruza O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.
© Saida MirziyoyevaJahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi.
Chempionka Afruza Xamdamova vernulas v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2023
Jahon chempioni Afruza Hamdamova Toshkentda kutib olindi.
Shu kunga qadar o‘zbekistonlik shaxmatchilar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova o‘z yoshi toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0