O‘zbekiston va Belarus kartoshkaning yangi navini yaratadi

CC0 / rawpixel / Kartofel, illyustrativnoe foto
Kartofel, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Belarus kartoshkachilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus kartoshkaning yangi navini yaratishga kelishib oldi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Samarqandda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalariga qaratilgan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov hamda Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik ilmiy-amaliy markazi direktori Vadim Maxanko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Minselxoz UzbekistanaNauchnie uchrejdeniya Uzbekistana i Belarusi budut sotrudnichat po razvitiyu kartofelnoy otrasli i vnedreniyu novix sortov
Nauchnie uchrejdeniya Uzbekistana i Belarusi budut sotrudnichat po razvitiyu kartofelnoy otrasli i vnedreniyu novix sortov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2023

“Ikki ilmiy muassasa o‘rtasida kartoshkachilik sohasini rivojlantirish va yangi navni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi”, - deyiladi xabarda.

Tomonlar agrar sohada kartoshkaning yangi navini yetishtirish, kartoshka seleksiyasini tashkil etish, “in-vitro” usulida kartoshka urug‘chiligining yangi texnologiyalarini tadqiq qilish, xalqaro qo‘shma loyihalar doirasida tadqiqotlar o‘tkazish, soha xodimlari malakasi oshirish kabi qator masalalarni muhokama qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonda sabzavotlar yetishtirish hajmi 2,3 %ga oshgan.
Kartoshka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Samarqandda og‘irligi 2 kilogacha bo‘lgan kartoshka yetishtirildi — foto, video

Yangiliklar lentasi
0