Samarqandda og‘irligi 2 kilogacha bo‘lgan kartoshka yetishtirildi — foto, video

Kartoshka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Toyloq tumanida kimoviy o‘g‘itlarsiz o‘rtacha 35-40 tonnadan 50-52 tonnagacha hosil olishga erishildi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Samarqandning Toyloq tumanida og‘irligi 2 kg dan 2,2 kg gacha bo‘lgan kartoshka yetishtirildi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.
Qayd etilishicha, kartoshkalarning o‘rtacha vazni 350-600 grammni tashkil qilmoqda.
© MinselxozSamarqandda vazni 2 kilogacha bo‘lgan kartoshka yetishtirildi
Luchshiy urojay kartofelya za mnogo let poluchili v Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Samarqandda vazni 2 kilogacha bo‘lgan kartoshka yetishtirildi
Birgina Toyloq tumanida joylashgan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida joriy yil kartoshkaning “Bog‘izog‘on”, “Ra’nomi”, “Evolyushin”, “Arizona”, “Silvana” va “Lusinda” navlari ekilgan edi.
Bugun bu yerda 11 gektar yer maydonining har gektaridan o‘rtacha 35-40 tonnadan 50-52 tonnagacha hosil olishga erishildi.
© MinselxozSamarqandda vazni 2 kilogacha bo‘lgan kartoshka yetishtirildi
Luchshiy urojay kartofelya za mnogo let poluchili v Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Samarqandda vazni 2 kilogacha bo‘lgan kartoshka yetishtirildi

“Egatdan kovlangan kartoshkalarning ayrimlari 2 kg dan 2,2 kg gacha tosh bosayotgani ham fakt. Kartoshkalarning o‘rtacha vazni 350-600 grammni tashkil qilyapti. Bu aslo kimoviy o‘g‘itlar natijasi emas, balki ishni omilkorlik bilan tashkil qilishning amaldagi samarasi demakdir”, - deyiladi xabarda.

© MinselxozSamarqandda vazni 2 kilogacha bo‘lgan kartoshka yetishtirildi
Luchshiy urojay kartofelya za mnogo let poluchili v Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Samarqandda vazni 2 kilogacha bo‘lgan kartoshka yetishtirildi
Aytilishicha, almashlab ekishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, ekish muddati, asosiysi tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish, o‘suv davrida 2-3 bor tarkibida mikro va makroelementlar mavjud bo‘lgan ozuqalar bilan suspenziya qilinganligi yuqoridagi natijaga erishishga zamin yaratdi.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi Samarqand viloyati Toyloq tumani "Yangihayot" MFYda dengiz sathidan 750-800 m balandlikda joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0