Bugun Qozonda O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida forum boshlanadi — tadbirlar jadvali

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishQozon Kremlidagi Kul Sharif masjidi.
Qozon Kremlidagi Kul Sharif masjidi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya hududlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida forum o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Bugun Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Forum O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida, ikki davlat ishbilarmonlar doirasi vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.
Tadbir doirasida Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi, shuningdek, “Rossiya va O‘zbekiston: taraqqiyotning yangi imkoniyatlari” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.
Forum davomida transport-logistika, sanoat, turizm va yoshlar sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0