O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi maxsus mukofot bilan taqdirlandi

© Foto : IA "Dunyo"O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi “Madaniyat, xilma-xillik va ta’lim sohalari rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi “Madaniyat, xilma-xillik va ta’lim sohalari rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2023
Obuna bo‘lish
NovostiTelegram
Ta’kidlanishicha, shu kunlarda Mehmonxona boshqaruvi xalqaro instituti bilan Samarqand shahrida qo‘shma loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinmoqda.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi Mehmonxona boshqaruvi xalqaro instituti va Xalqaro mehmondo‘stlik kengashi tomonidan ta’sis etilgan “Madaniyat, xilma-xillik va ta’lim sohalari rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
An’anaga ko‘ra, Hindistonda har yili sentabr oyida nishonlanadigan O‘qituvchilar kuni munosabati bilan tashkil etiladigan rasmiy marosimda ushbu xalqaro mukofot o‘z egalariga topshiriladi.
Tadbirda Hindiston bilan ta’lim sohasidagi samarali munosabatlarga e’tibor qaratildi. Bugun O‘zbekistonda ushbu mamlakatning Amiti va Sharda universitetlari, “Sambram” axborot texnologiyalari instituti va Acharya institutlar guruhi kampuslari muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.
Ta’kidlanishicha, shu kunlarda Mehmonxona boshqaruvi xalqaro instituti bilan Samarqand shahrida qo‘shma loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinmoqda.
“Biz kelasi oyda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 25-sessiyasi kunlari ushbu qadimiy shaharga qiladigan safarimizni intiqlik bilan kutayapmiz. O‘zbekiston yoshlariga mehmondo‘stlik sohasida zamonaviy ta’lim olish imkoniyatini taqdim etish niyatidamiz”, - deydi Mehmonxona boshqaruvi xalqaro institutining Dehli bo‘linmasi direktori Abdulla Ahmad.
Tadbir yakunlangach, elchixona vakillari Mehmonxona boshqaruvi xalqaro institutining yangiliklar teledasturiga O‘zbekiston hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jarayoni haqida so‘zlab berdi.
Yangiliklar lentasi
0