Maktabda qanday ovqatlanish kerak — Sanepidqo‘mita tavsiyasi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMaktab oshxonasi.
Maktab oshxonasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2023
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishicha, ota-onalar nonushtani o‘zi va farzandingiz uchun har kungi odatga aylantirishi kerak.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Nonushtani o‘zingiz va farzandingiz uchun har kungi odatga aylantiring, deya ma’lum qildi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi.
Xabarda aytilishicha, ota-onalar nonushtani o‘zi va farzandi uchun har kungi odatga aylantirishi kerak. Sog‘lom ovqatlanish odatlari oilada shakllana boshlaydi, shuning uchun ota-ona haqiqiy namuna bo‘lishi kerak.
"Farzandingizga sog‘lom yeguliklar dunyosini oching. Maktabda iste’mol qilish uchun ularga to‘g‘ralgan sabzavot va, mevalarni bering. Bundan bolangiz xursand bo‘lishi aniq!", deyiladi xabarda.
Shirin gazlangan ichimliklarga esa umuman o‘rin bo‘lmasligi kerak. Uning o‘rniga suv bilan chanqoq qondirishni odatga aylantish tavsiya etildi.
Shuningdek, xabarda tuz va shakar iste’molini kamaytirish ham qayd etib o‘tilgan.
"Esingizda bo‘lsin, bolalikdan boshlangan ovqatlanish odatlari bolaga hayot davomida hamroh bo‘lishini yodda tuting", deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Qanday qilib ovqatdan zaharlanishning oldini olish mumkin — Sanepidqo‘mita
Yangiliklar lentasi
0