https://oz.sputniknews.uz/20230902/dehli-abu-rayhon-beruniy-haykal-38500531.html
Dehlida Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatilishi kutilmoqda
Dehlida Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatilishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Abu Rayhon Beruniy haykalini Jamiya Milliya Islamiya bilim yurtining gavjum maydonchasida o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
2023-09-02T09:43+0500
2023-09-02T09:43+0500
2023-09-02T09:43+0500
jamiyat
hindiston
o‘zbekiston
haykal
otm
abu rayhon beruniy
ibn sino
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/02/38500388_0:42:481:314_1920x0_80_0_0_e42d47effabff47554fc06939aec308e.jpg
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Dehli shahrida buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.Hindiston poytaxtida joylashgan Jamiya Milliya Islamiya (Jamia Millia Islamia - JMI) universiteti hududida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatiladi.Aytilishicha, O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahatov va universitet rektori professor Najma Axtar uchrashuvi chog‘ida bu haqda kelishuvga erishildi.Abu Rayhon Beruniy haykalini oliy bilim yurtining huquqshunoslik, xorijiy tillar departamenti, dizayn va innovatsiya departamenti, arab-hind madaniyat markazi va boshqa bo‘linmalari tutashgan gavjum maydonchada o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Haykal universitetga O‘zbekiston tomonidan taqdim etiladi.O‘quv jarayonida Sharq olimlari, jumladan, buyuk o‘zbek allomalarining noyob asarlarini o‘rganishga ham katta e’tibor qaratiladi. Ta’lim maskanining ikkita binosi Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino nomlari bilan atalgan.Ma’lumot uchun, Jamiya Milliya Islamiya universiteti mamlakatning yetakchi oliy ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda huquq, gumanitar fanlar va tillar, nafis san’at, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, injeneriya va texnologiyalar, ta’lim, me’morchilik, stomatologiya, boshqaruv tadqiqotlari kabi qator yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi. 20 ming nafar talabaga 1000 nafar professor va o‘qituvchilar dars beradi.Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida "Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi. Shuningdek, 4-8 sentabr kunlari Parij shahrida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash doirasida xalqaro ko‘rgazma hamda tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20221009/qomusiy-alloma-abu-rayhon-beruniy-haqida-28952514.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/02/38500388_0:0:481:362_1920x0_80_0_0_a2bb0b1833c8eb6db90d0033e5afe610.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dehli abu rayhon beruniy haykal jamia millia islamia - jmi o‘zbekiston elchisi dilshod ahatov universitet rektor professor najma axtar
dehli abu rayhon beruniy haykal jamia millia islamia - jmi o‘zbekiston elchisi dilshod ahatov universitet rektor professor najma axtar
Dehlida Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatilishi kutilmoqda
Abu Rayhon Beruniy haykalini Jamiya Milliya Islamiya bilim yurtining gavjum maydonchasida o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Dehli shahrida buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Hindiston poytaxtida joylashgan Jamiya Milliya Islamiya (Jamia Millia Islamia - JMI) universiteti hududida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatiladi.
Aytilishicha, O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahatov va universitet rektori professor Najma Axtar uchrashuvi chog‘ida bu haqda kelishuvga erishildi.
“Uchrashuv chog‘ida professor Najma Axtar Abu Rayhon Beruniyning boy ilmiy merosiga yuqori baho berib, uning "Kitob ul-hind" asari Hindiston haqida yozilgan ilk noyob ilmiy asarlardan biri ekanini ta’kidladi. Shu bois qomusiy olim haykali uning jahon hamjamiyati, jumladan, hind xalqi oldidagi xizmatlarining yuksak e’tirofi ramzi bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Abu Rayhon Beruniy haykalini oliy bilim yurtining huquqshunoslik, xorijiy tillar departamenti, dizayn va innovatsiya departamenti, arab-hind madaniyat markazi va boshqa bo‘linmalari tutashgan gavjum maydonchada o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Haykal universitetga O‘zbekiston tomonidan taqdim etiladi.
O‘quv jarayonida Sharq olimlari, jumladan, buyuk o‘zbek allomalarining noyob asarlarini o‘rganishga ham katta e’tibor qaratiladi. Ta’lim maskanining ikkita binosi Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino nomlari bilan atalgan.
Ma’lumot uchun, Jamiya Milliya Islamiya universiteti mamlakatning yetakchi oliy ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda huquq, gumanitar fanlar va tillar, nafis san’at, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, injeneriya va texnologiyalar, ta’lim, me’morchilik, stomatologiya, boshqaruv tadqiqotlari kabi qator yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi. 20 ming nafar talabaga 1000 nafar professor va o‘qituvchilar dars beradi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida "Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi. Shuningdek, 4-8 sentabr kunlari Parij shahrida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash doirasida xalqaro ko‘rgazma hamda tadbirlar
o‘tkazilishi rejalashtirilgan.