Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy haqida

Obuna bo‘lish
Kelasi yil buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning 1050-yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.
Abu Rayhon Beruniy 973-yilning 4-sentabrida (ba’zi manbalarga ko‘ra 4-oktabrda) Xorazmning qadimiy poytaxti — Katda (hozirda Qoraqalpog‘istonning Beruniy shahri) tug‘ilgan va matematikaning hamda astronomiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan.
Beruniy aniq, tabiiy va gumanitar fanlarning deyarli barcha sohalariga tegishli bo‘lgan 160 dan asar yaratib, buyuk ilmiy meros qoldirgan. Uning ishlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan va hozirda ham foydalanib kelinmoqda.
O‘z davrining deyarli barcha fanlarini mukammal o‘rgangani sabab uni qomusiy alloma deb atashadi.
O‘zbekistonda 2023-yilda buyuk alloma tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Sputnik infografikasidan yirik olim va faylasuf haqidagi ayrim qiziqarli ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0