Jizzaxda ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi - tafsilotlar

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishLetnyaya veranda v kafe. Illyustrativnoe foto
Letnyaya veranda v kafe. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Fuqarolarga “O‘tkir diareya” ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, tibbiy muolajalarni amalga oshirish uchun barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Jizzax shahridagi oshxonalarning birida 57 nafar fuqaro ovqatdan zaharlandi. Ularning 46 nafari qoniqarli ahvolda, deya xabar berdi viloyat prokuraturasi.
Qayd etilishicha, 25-26 iyun kunlari 57 nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ich ketish va tana harorati ko‘tarilishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.
Dastlabki laboratoriya tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, fuqarolarga “O‘tkir diareya” ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, tibbiy muolajalarni amalga oshirish uchun barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
“Bemorlarning 11 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan, 46 nafari qoniqarli ahvolda ekanligi ma’lum bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida bemorlar Jizzax shahridagi oshxonalarning birida ovqatlanganligi aniqlandi. Hodisa joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarining namunalari bo‘yicha va barcha bemorlarga nisbatan tegishli ekspertizalar tayinlanib, soha mutaxassislari jalb etilgan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o‘rnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0