Doim tayyor! Sobiq SSSR davlatlarida bugun pionerlar kuni esga olinadi — video

Obuna bo‘lish
Bugun sobiq Ittifoq bolalarining eng qiziqarli xotira kunlaridan biri — butunittifoq pioner tashkiloti paydo bo‘lgan kun.
Sovet Ittifoqi pionerlar tashkiloti 1922-yil 19-may kun paydo bo‘lgan. Dastlab u Spartak nomida bo‘lgan, 1924-yilda Lenin vafotidan keyin uning sharafiga nomlangan.
Pionerlar safiga 9 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilar tantanali qasamod asosida qabul qilingan.

Pionerlar qizil galstuk pioner nishoni taqib yurishgan. Ularning shiori: “Kommunistik partiya ishi uchun kurashga tayyor bo‘l!” – "Doim tayyor!"
Ulug‘ Vatan urushi yillarida minglab pionerlar orden va medallar bilan taqdirlangan Lonya Golikov, Marat Kazey, Valya Kotik, Zina Portnova Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lishgan.

Butunittifoq pionerlar tashkiloti 1991-yilda SSSR bilan birga tugatilgan 70-yil davomida jami 210 milliondan ortiq bolalar pioner bo‘lgan
Yangiliklar lentasi
0