Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasida ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda

© IA "Dunyo"Na 51-m uchastke referenduma pri Posolstve Uzbekistana v Indii nachalos golosovanie sootechestvennikov
Na 51-m uchastke referenduma pri Posolstve Uzbekistana v Indii nachalos golosovanie sootechestvennikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Diplomatik missiyada 51-referendum uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasida mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da (Toshkent vaqti bilan 07:30) O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Referendum uchastkasini qanday aniqlash mumkin?
Ta’kidlanishicha, Hindistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari referendumda qatnashish konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish maqsadida diplomatik vakolatxonada tashkil etilgan 51-referendum uchastkasiga kela boshladi.
“Elchixona xodimlari va Hindistonda vaqtincha bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz vakillaridan iborat referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastka komissiyasi bugungi muhim tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rdi”, – deydi O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatov.
Diplomatik missiyada 51-referendum uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Bugun O‘zbekiston Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazilmoqda. Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi.
Yangiliklar lentasi
0