FIFA Toshkent viloyatidagi Do‘stlik stadioni uchun 4,2 mln $ ajratdi

© O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiFutbol muhlislari
Futbol muhlislari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obuna bo‘lish
“Do‘stlik” stadionida 4 ta zamonaviy futbol maydoni hamda Terma jamoalar markazi quriladi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. FIFA Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” stadionida futbol maydoni qurish uchun 4,2 million dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Bu haqda 7-aprel kuni prezident imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishga oid qaror imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, “Do‘stlik” stadionida Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) tomonidan 2022–2023 yillarda 4 ta zamonaviy futbol maydoni qurish uchun 4,2 million dollar miqdorida mablag‘lar ajratildi.
“Do‘stlik” stadioni hududida 2023–2024 yillarda futbol bo‘yicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shug‘ullanishi uchun budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Terma jamoalar markazi quriladi.
Bunda, Terma jamoalar markazida 280 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolari qurilishi, shuningdek, ushbu binolarda Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi joylashtiriladi.
Detskiy futbol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
O‘zbekistonda 14 ta futbol maktabi ochiladi — prezidentga taklif
Yangiliklar lentasi
0