https://oz.sputniknews.uz/20230406/ozbekistonda-14ta-futbol-maktabi-ochiladi--prezidentga-taklif-33639832.html
O‘zbekistonda 14 ta futbol maktabi ochiladi — prezidentga taklif
O‘zbekistonda 14 ta futbol maktabi ochiladi — prezidentga taklif
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda FIFA dasturi asosida bog‘cha, maktab va oliygohlarda futbolni rivojlantirish dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Yaponiya va Xorvatiyadan mutaxassislar jalb etiladi.
2023-04-06T21:40+0500
2023-04-06T21:40+0500
2023-04-07T11:09+0500
sport
futbol
shavkat mirziyoyev
ravshan ermatov
xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23835907_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_0f77cb9f46629a6a6b3acc61538dc52b.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 14 ta futbol maktabi ochiladi, Yaponiya va Xorvatiyadan mutaxassislar jalb etiladi. Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisdan ma’lum bo‘ldi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, futbol O‘zbekistonda eng ommaviy sport turi bo‘lgani sababli, ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Soha infratuzilmasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assotsiatsiyalarining rahbarlari etib belgilanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23835907_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3a16df73dee64533002a955257c13430.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston fifa futbolni rivojlantirish dastur mutaxassis stadion
o‘zbekiston fifa futbolni rivojlantirish dastur mutaxassis stadion
O‘zbekistonda 14 ta futbol maktabi ochiladi — prezidentga taklif
21:40 06.04.2023 (yangilandi: 11:09 07.04.2023) O‘zbekistonda FIFA dasturi asosida bog‘cha, maktab va oliygohlarda futbolni rivojlantirish dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 14 ta futbol maktabi ochiladi, Yaponiya va Xorvatiyadan mutaxassislar jalb etiladi. Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisdan ma’lum bo‘ldi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, futbol O‘zbekistonda eng ommaviy sport turi bo‘lgani sababli, ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi.
1.
FIFAning maxsus dasturi asosida bog‘cha va mahallalarda “Ommaviy futbol”, o‘rta ta’limda “Maktablarda futbol” hamda oliy o‘quv yurtlarida “Talabalar ligasi” dasturlarini joriy qilish taklifi bildirildi.
2.
Iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida 14 ta futbol maktabi tashkil etiladi.
3.
“Do‘stlik” stadioni negizida barcha yosh toifalari uchun Terma jamoalar markazi tashkil etiladi.
4.
Futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati takomillashtirilib, Xorvatiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan mutaxassislar jalb qilinadi.
Soha infratuzilmasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assotsiatsiyalarining rahbarlari etib belgilanadi.