https://oz.sputniknews.uz/20221207/ozbekiston-elchixonasida-konstitutsiya-islohotiga-oid-davra-suhbati-bolib-otmoqda-30563852.html
O‘zbekiston elchixonasida Konstitutsiya islohotiga oid davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston elchixonasida Konstitutsiya islohotiga oid davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasiga o‘zgartirish kiritishga oid 150 mingdan ziyod taklif kelib tushgan. 07.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-07T18:32+0500
2022-12-07T18:32+0500
2022-12-07T19:33+0500
siyosat
konstitutsiya
elchixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25395841_0:605:2047:1756_1920x0_80_0_0_b42d8e1b4b03d36e301777f918e9ff33.jpg
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida Konstitutsiya kuni arafasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Zokir Zoitovning so‘zlariga ko‘ra, “Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasiga o‘zgartirish kiritishga oid 150 mingdan ziyod taklif kelib tushgan. Portalda taklif bildirish yakunlanganiga qaramay taklif kelishib tushishda davom etmoqda.Bosh qomusning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilmoqda.O‘zbekiston Konstitsiya loyihasining eng muhim jihatlari:- O‘zbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat;- Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi;- Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratadi;- Davlat ko‘p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi;- Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin;39-moddaga ijtimoiy himoyaga oid quyidagicha yangi bandlar ham qo‘shilyapti:Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi.Tadbirkorlik, sud tizimi, mol-mulk daxlsizligi, sog‘liqni saqlash va jamiyatning boshqa sohalariga oid qator muhim o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25395841_0:413:2047:1948_1920x0_80_0_0_f0ca23d3926eab6df5f35360bcd0a0a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, konstitutsiya, elchixona
siyosat, konstitutsiya, elchixona
O‘zbekiston elchixonasida Konstitutsiya islohotiga oid davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda
18:32 07.12.2022 (yangilandi: 19:33 07.12.2022) “Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasiga o‘zgartirish kiritishga oid 150 mingdan ziyod taklif kelib tushgan.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida Konstitutsiya kuni arafasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda
Sputnik muxbiri.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Zokir Zoitovning so‘zlariga ko‘ra,
“Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasiga o‘zgartirish kiritishga oid 150 mingdan ziyod taklif kelib tushgan. Portalda taklif bildirish yakunlanganiga qaramay taklif kelishib tushishda davom etmoqda.
"Bu takliflar e’tibordan chetda qoldirilmayapti", - dedi u.
Bosh qomusning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilmoqda.
O‘zbekiston Konstitsiya loyihasining eng muhim jihatlari:
- O‘zbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat;
- Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi;
- Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratadi;
- Davlat ko‘p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi;
- Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin;
39-moddaga ijtimoiy himoyaga oid quyidagicha yangi bandlar ham qo‘shilyapti:
Davlat ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand va kam ta’minlangan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qonunda belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlaydi.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur teng sharoitlarni yaratadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qo‘yish, hisobga olmaslik, chetlatish, cheklash yoki ortiqcha yon bosish, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishdan bo‘yin tovlash taqiqlanadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi.
Tadbirkorlik, sud tizimi, mol-mulk daxlsizligi, sog‘liqni saqlash va jamiyatning boshqa sohalariga oid qator muhim o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.