Andijon davlat chet tillar instituti – prezident qarori

© Sputnik/Viktor TolochkoPismenniy nabor glavi gosudarstva
Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2021
Obuna bo‘lish
“Andijon davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori umumiy muhokamaga qo‘yildi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. “Andijon davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2018
Samarqandda yangi institut tashkil etildi
Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilash ko‘zda tutilmoqda:
mehnat bozori talablariga mos malakali, chet tillarni mukammal egallagan kadrlarni tayyorlash;
yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasasalarining chet tillar bo‘yicha zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilg‘or va innovatsion tajribalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish;
chet tillar bo‘yicha milliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, axborot-resurs markazini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash hamda ularni muntazam yangilab borish;
ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, vebinar va onlayn texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish;
Otkritie novogo zdaniya SamMI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Samarqandda Tibbiyot institutining hashamatli yangi binosi ochildi
xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasi va dasturlari asosida individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish;
xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarini tayyorlash.
2024 yilga qadar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar chet tili o‘qituvchilarini Institut o‘quv jarayoniga jalb etish ko‘zda tutilmoqda.
2026 yilga qadar Institutning xorijiy tilda dars o‘tadigan professor-o‘qituvchilarini chet tillarni bilish bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lish choralari ko‘rish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0