Samarqandda yangi institut tashkil etildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018/2019 o‘quv yilida institut magistratura bosqichiga (50 kishi) O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Samarqandda veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligining xabar berishicha, qaror bilan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilib, institut va uning qoshidagi akademik litsey Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Institutda veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

2018/2019 o‘quv yilida institut magistratura bosqichiga (50 kishi) O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Institutning bakalavriat bosqichiga qabul kvotasi 800 kishi, shu jumladan to‘lov-kontrakt asosida 525 kishi, davlat granti asosida 275 kishi etib belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0