Samarqandda Tibbiyot institutining hashamatli yangi binosi ochildi

© Press-slujba SamMIOtkritie novogo zdaniya SamMI
Otkritie novogo zdaniya SamMI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
Institut yangi binosida bir vaqtning o‘zida 800ga yaqin talabalar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari mumkin.
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Kecha, 18-oktabr Samarqand shahri kunida Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqida oliygoh matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Institut yangi binosi ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hamda institutning faxriy professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Serhasham yangi binoda 12 ta kafedra, 200 dan ortiq o‘quv xonalari, 15 ta laboratoriya xonalari mavjud. Barcha xonalar zamonaviy multimediya va IT texnologiyalar, interaktiv doska, oxirgi rusumdagi laborator uskunalar va planshet monitorlar bilan jihozlangan.
"Biz joriy yildan boshlab yangi – besh kunlik o‘quv tizimiga o‘tdik. Ya’ni talabalarimiz besh kun dars jadvali bo‘yicha o‘quv jarayonida qatnashishsa, oltinchi kuni mustaqil tayyorlanish kuni hisoblanadi. Professor-o‘qituvchilarimiz uchun esa metodologik kun, deb e’lon qilindi.
© Press-slujba SamMIOtkritie novogo zdaniya SamMI
Otkritie novogo zdaniya SamMI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Otkritie novogo zdaniya SamMI
Yangi topshirilgan bino institut ehtiyojining bir qismini qoplaydi. Institutning aksariyat kafedralari Samarqand shahridagi tibbiy profilaktika muassasalarida joylashgan bo‘lib, bu bo‘lajak shifokorlarimizning bevosita amaliyot olib borishi uchun qulaylik yaratadi”, - deydi institut rektori, professor Jasur Rizayev.
© Press-slujba SamMIOtkritie novogo zdaniya SamMI
Otkritie novogo zdaniya SamMI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Otkritie novogo zdaniya SamMI
Institutda bir vaqtning o‘zida 800 nafar nazariy va amaliy ta’lim olishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida aytish mumkin-ki, ayni vaqtda Samarqand davlat tibbiyot institutida 600 dan ortiq xorij talabalari ham tahsil olmoqda.
Markaziy Osiyoning eng birinchi tibbiyot oliygohi - Samarqand davlat tibbiyot instituti o‘z tarixini 1930-yil 7-maydan boshlagan. O‘sha vaqtda u O‘zbek davlat tibbiyot instituti deb nomlangan. O‘tgan davr mobaynida institut 40 mingdan ortiq oliy malakali mutaxassislar yetishtirib chiqargan.
© Press-slujba SamMIOtkritie novogo zdaniya SamMI
Otkritie novogo zdaniya SamMI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Otkritie novogo zdaniya SamMI
Yangiliklar lentasi
0