https://oz.sputniknews.uz/20211107/dronlar-yordam-berishadi-toshkentda-markaziy-osiyo-fvv-rahbarlari-nimalarni-muhokama-qilishdi-21251044.html
Dronlar yordam berishadi: Toshkentda Markaziy Osiyo FVV rahbarlari nimalarni muhokama qilishdi
Dronlar yordam berishadi: Toshkentda Markaziy Osiyo FVV rahbarlari nimalarni muhokama qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi forumda 2022–2030 yillarga mo‘ljallangan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligini rivojlantirish... 07.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-07T18:43+0500
2021-11-07T18:43+0500
2021-11-07T18:43+0500
analitika
forum
toshkent
markaziy osiyo
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/278/35/2783502_0:0:2675:1506_1920x0_80_0_0_15c464c1fb8f968b83de29c60802d35b.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Favqulodda vaziyatlar vazirlarining mintaqaviy forum yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Forum yakunlariga ko‘ra 2022–2030 yillarga mo‘ljallangan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligini rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Batafsil – Sputnik maqolasida.Markaziy Osiyo mamlakatlari FVV rahbarlari 2022-2030 yillarda mintaqa mamlakatlari hamkorligini rivojlantirish strategiyasini qabul qilishdi. Hujjat 5-noyabr kuni transchegaraviy xususiyatga ega favqulodda holatlar xatarlarining oldini olishga qaratilgan Senday hadli dastur doirasida taqdim qilingan.Hujjatning asosiy vazifalaridan – tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar xavfini baholash va prognoz qilish uchun umumiy axborot makonini rivojlantirish.Qolaversa, strategiya mamlakatlarga 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga muvofiq xalqaro majburiyatlarni bajarish imkonini beradi. U uch bosqichda amalga oshiriladi: 2022-yildan 2023-yilgacha, 2024-yildan 2026-yilgacha. va 2027-yildan 2030-yilgacha.Ofatlar xatariUchrashuv davomida ekspertlar INFORM usulidan foydalangan holda tabiiy ofat xavfining mintaqaviy xususiyatlarining asosiy ko‘rsatkichlarini ham muhokama qilishgan. Bu gumanitar inqiroz va tabiiy ofatlar uchun qo‘llaniladigan ochiq manbali xavflarni baholash metodologiyasi hisoblanadi. Indeks tabiiy ofatlar xavfi, mamlakatning zaifligi va unga bardosh berish qobiliyatini tahlil qiluvchi 62 xil ko‘rsatkichni birlashtiradi.Indeksga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarining 2021-yil uchun xavf indeksida Tojikiston yuqori xavf sinfiga kirgan. Undan keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (o‘rta xavf toifasi), O‘zbekiston (past xavfli toifa) va Qozog‘iston va Turkmaniston (juda past xavf toifasi) joylashgan.Favqulodda vaziyatlar va ofatlar xatarini kamaytirish markazi direktori Jergalbek Ukashevning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun kuchlari 7-9 ball va undan yuqori ballarga yetishi mumkin bo‘lgan zilzilalar xos. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarning seysmografik xizmatlari har yili turli darajadagi uch mingga yaqin yer silkinishlarini qayd etishadi.Sel kelish, toshqin va suv bosishi xavfi – mintaqadagi ahamiyatligi jihatdan ikkinchi o‘rinda.Ayniqsa, tabiiy ofatlar eng yirik mahalliy darolar – Amudaryo va Sirdaryoga xos.Forum qatnashchilari ekologik xatarlarga aholida e’tibor qaratishdi. Ulardan eng jiddiysi suvdan samarasiz foydalanish, tranchegaraviy suv zaxiralarini boshqarish muammolari bilan bog‘liq.Vaziyatni sanoatning ekstensiv rivojlarishi hamda suv tanqisligi murakkablashtirmoqda.Shu bois Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti tabiiy ofatlar qarshisida zaifdir. Jahon banki mintaqa mamlakatlari yo‘qtotishlari YaIMning 5 foizidan 70 foizigacha baholamoqda.Dronlar va ilovalar yordamga shoshishadiForum davomida FVV rahbarlari uchuvchisiz uchish qurilmalari (dron)dan foydalanish konsepsiyasi ham ma’qullashgan. Aksariyat mintaqa mamlakatlarining favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari bugungi kunda yetarlicha dronga ega emas. Har bir mamlakat talablari va resurslaridan kelib chiqib, o‘ziga kerakli bo‘lgan dronlar soni, ularning turi, modifikatsiyasi, texnik jihatlarini belgilaydi.Forum qatnashchilari ulardan foydalanish yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari va fuqarolik muhofazasi xizmatlari samaradorligini oshiradi deb hisoblashadi.Dronlar ofat hududining aniq chegaralarini tezda aniqlash, favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini olib borishda qutqaruvchilar va jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlash imkonini berishadi. Shuningdek, dronlar borish qiyin bo‘lgan joylarga birinchi zaruriy buyumlarni yetkazib berishi mumkin.Tuproqni o‘rganish nuqtayi nazaridan, dronlar aniqlangan hududlarni aerofotosuratga olishda, keyinchalik fotosuratlarga topografik havola qilishda yordam berishadi.Forumda favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishi va xavf tahdidi haqida barvaqt xabardor qiluvchi mintaqaviy tizimni yaratish ham muhokama qilindi. Xususan, qozog‘istonlik mutaxassislar zilzila haqida xabardor qiluvchi Darmen.13:11. Mobil ilovasini namoyish etishdi.Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonda mamlakat FVV topshirig‘i bilan aholini favqulodda holatlar haqida Darmen mobil ilovasi orqali xabardor qiluvchi tizim joriy qilingan. U 2018-yildan buyon sinov tariqasida ishlamoqda.Darmen zilzila markazi, uning kuchi hamda xabarga yetkaziluvchi fuqaro yashaydigan shaharda uning to‘lqini yetib borishi vaqtiga oid ma’lumotlarga ega.“Qozog‘iston FVV bu mahsulot negizida Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi seysmodatchiklarga ulanadigan yagona integratsion seysmtizimni yaratishni taklif qiladi”, - dedi TOO "I2NIK" (Darmen) direktori Altair Uizbayev.U ilova bepul tatbiq etilishi qo‘shimcha qildi, yagona integratsion tizimni yaratishga esa mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu masala Markaziy Osiyo mintaqasining barcha FVV rahbarlari tomonidan muhokamgaa qabul qilindi. Yaratuvchilarning o‘zi esa Rossiya, Germaniya, Yaponiyani ham hamkorlikka taklif qilishni rejalashtirishmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20211102/mo-fvv-rahbarlari-toshkentda-nimalarni-muhokama-qilishi-malum-boldi-21199393.html
https://oz.sputniknews.uz/20210722/namangan-viloyatida-sel-oqibatlari-bartaraf-etilmoqda-19781815.html
https://oz.sputniknews.uz/20210814/fvv-aksariyat-hollarda-chokib-ketishiga-nima-sabab-bolishini-aytdi-20078986.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/278/35/2783502_170:0:2675:1879_1920x0_80_0_0_96a58fea40abbe443ba8ed15bbd0ce01.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, forum, toshkent, markaziy osiyo, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
analitika, forum, toshkent, markaziy osiyo, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
Dronlar yordam berishadi: Toshkentda Markaziy Osiyo FVV rahbarlari nimalarni muhokama qilishdi
Toshkentdagi forumda 2022–2030 yillarga mo‘ljallangan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligini rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Favqulodda vaziyatlar vazirlarining mintaqaviy forum yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Forum yakunlariga ko‘ra 2022–2030 yillarga mo‘ljallangan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligini rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Batafsil –
Sputnik maqolasida.
Markaziy Osiyo mamlakatlari FVV rahbarlari 2022-2030 yillarda mintaqa mamlakatlari hamkorligini rivojlantirish strategiyasini qabul qilishdi. Hujjat 5-noyabr kuni transchegaraviy xususiyatga ega favqulodda holatlar xatarlarining oldini olishga qaratilgan Senday hadli dastur doirasida taqdim qilingan.
Hujjatning asosiy vazifalaridan – tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar xavfini baholash va prognoz qilish uchun umumiy axborot makonini rivojlantirish.
Qolaversa, strategiya mamlakatlarga 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga muvofiq xalqaro majburiyatlarni bajarish imkonini beradi. U uch bosqichda amalga oshiriladi: 2022-yildan 2023-yilgacha, 2024-yildan 2026-yilgacha. va 2027-yildan 2030-yilgacha.
Uchrashuv davomida ekspertlar INFORM usulidan foydalangan holda tabiiy ofat xavfining mintaqaviy xususiyatlarining asosiy ko‘rsatkichlarini ham muhokama qilishgan. Bu gumanitar inqiroz va tabiiy ofatlar uchun qo‘llaniladigan ochiq manbali xavflarni baholash metodologiyasi hisoblanadi. Indeks tabiiy ofatlar xavfi, mamlakatning zaifligi va unga bardosh berish qobiliyatini tahlil qiluvchi 62 xil ko‘rsatkichni birlashtiradi.
Indeksga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarining 2021-yil uchun xavf indeksida Tojikiston yuqori xavf sinfiga kirgan. Undan keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (o‘rta xavf toifasi), O‘zbekiston (past xavfli toifa) va Qozog‘iston va Turkmaniston (juda past xavf toifasi) joylashgan.
Favqulodda vaziyatlar va ofatlar xatarini kamaytirish markazi direktori Jergalbek Ukashevning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun kuchlari 7-9 ball va undan yuqori ballarga yetishi mumkin bo‘lgan zilzilalar xos. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarning seysmografik xizmatlari har yili turli darajadagi uch mingga yaqin yer silkinishlarini qayd etishadi.
Sel kelish, toshqin va suv bosishi xavfi – mintaqadagi ahamiyatligi jihatdan ikkinchi o‘rinda.
Ayniqsa, tabiiy ofatlar eng yirik mahalliy darolar – Amudaryo va Sirdaryoga xos.
Forum qatnashchilari ekologik xatarlarga aholida e’tibor qaratishdi. Ulardan eng jiddiysi suvdan samarasiz foydalanish, tranchegaraviy suv zaxiralarini boshqarish muammolari bilan bog‘liq.
Vaziyatni sanoatning ekstensiv rivojlarishi hamda suv tanqisligi murakkablashtirmoqda.
Shu bois Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti tabiiy ofatlar qarshisida zaifdir. Jahon banki mintaqa mamlakatlari yo‘qtotishlari YaIMning 5 foizidan 70 foizigacha baholamoqda.
Dronlar va ilovalar yordamga shoshishadi
Forum davomida FVV rahbarlari uchuvchisiz uchish qurilmalari (dron)dan foydalanish konsepsiyasi ham ma’qullashgan. Aksariyat mintaqa mamlakatlarining favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari bugungi kunda yetarlicha dronga ega emas. Har bir mamlakat talablari va resurslaridan kelib chiqib, o‘ziga kerakli bo‘lgan dronlar soni, ularning turi, modifikatsiyasi, texnik jihatlarini belgilaydi.
Forum qatnashchilari ulardan foydalanish yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari va fuqarolik muhofazasi xizmatlari samaradorligini oshiradi deb hisoblashadi.
Dronlar ofat hududining aniq chegaralarini tezda aniqlash, favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini olib borishda qutqaruvchilar va jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlash imkonini berishadi. Shuningdek, dronlar borish qiyin bo‘lgan joylarga birinchi zaruriy buyumlarni yetkazib berishi mumkin.
Tuproqni o‘rganish nuqtayi nazaridan, dronlar aniqlangan hududlarni aerofotosuratga olishda, keyinchalik fotosuratlarga topografik havola qilishda yordam berishadi.
Forumda favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishi va xavf tahdidi haqida barvaqt xabardor qiluvchi mintaqaviy tizimni yaratish ham muhokama qilindi. Xususan, qozog‘istonlik mutaxassislar zilzila haqida xabardor qiluvchi Darmen.13:11. Mobil ilovasini namoyish etishdi.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonda mamlakat FVV topshirig‘i bilan aholini favqulodda holatlar haqida Darmen mobil ilovasi orqali xabardor qiluvchi tizim joriy qilingan. U 2018-yildan buyon sinov tariqasida ishlamoqda.
Darmen zilzila markazi, uning kuchi hamda xabarga yetkaziluvchi fuqaro yashaydigan shaharda uning to‘lqini yetib borishi vaqtiga oid ma’lumotlarga ega.
“Qozog‘iston FVV bu mahsulot negizida Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi seysmodatchiklarga ulanadigan yagona integratsion seysmtizimni yaratishni taklif qiladi”, - dedi TOO "I2NIK" (Darmen) direktori Altair Uizbayev.
U ilova bepul tatbiq etilishi qo‘shimcha qildi, yagona integratsion tizimni yaratishga esa mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu masala Markaziy Osiyo mintaqasining barcha FVV rahbarlari tomonidan muhokamgaa qabul qilindi. Yaratuvchilarning o‘zi esa Rossiya, Germaniya, Yaponiyani ham hamkorlikka taklif qilishni rejalashtirishmoqda.