FVV rahbarlari Toshkentda nimalarni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi

© REUTERS / Giorgos MoutafisPojarnie-dobrovolsi pitayutsya potushit lesnoy pojar v prigorode Varimpompi k severu ot Afin, Gretsiya
Pojarnie-dobrovolsi pitayutsya potushit lesnoy pojar v prigorode Varimpompi k severu ot Afin, Gretsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Obuna bo‘lish
Tabiiy vaziyatlarga doir doir yagona axborot makoni hamda sohaga sarmoyalar jalb etish - Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo FVV forumining asosiy mavzularidan bo‘ladi.
TOShKENT, 2 noya - Sputnik. Ushbu haftada Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining katta mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
Favqulodda vaziyatlar vazirlari forumida, jumladan quyidagi mavzularga doir shartnoma va kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda:
1.
Kutilmagan tabiiy vaziyatlar yuzaga kelishini baholash uchun yagona axborot makonini ishlab chiqish;
2.
Kadrlar salohiyatini oshirish;
3.
Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish masalalari muhokama qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, yuqorida aytib o‘tilgan mavzular 2-avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan MO FVV ekspertlari uchrashuvida muhokama qilingan hamda ushbu yo‘nalishlardagi amaliy dasturlarga doir hujjatlar to‘plami tayyorlangan edi.
"4-6 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan forumda ishtirokchilar transchegaraviy tusdagi favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish, ularning oldini olish bilan bog‘liq muhim loyihalarni muhokama qiladilar", - deyilgang xabarda.
Undan tashqari, istiqboldagi loyihalar qatoridan aholini va hududlarni tabiiy ofatlardan muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish tashabbusi ham muhokama qilish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0