FVV aksariyat hollarda cho‘kib ketishiga nima sabab bo‘lishini aytdi

© Sputnik / MChS RF / Mediabankka o‘tishNa Kubani avtobus s rabochimi upal v more
Na Kubani avtobus s rabochimi upal v more - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2021
Obuna bo‘lish
Sovuq suv, notanish suv havzasi, inson o‘zini yaxshi his qilmaganda cho‘milish kabi holatlar baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra,aksariyat hollarda sovuq suvda cho‘milish cho‘kib ketishga sabab bo‘ladi, Rasmiy xabarlarga asosan.
Sovuq suvda cho‘milish qo‘l-oyoq tomirlarining tortishishiga, oqibatda esa cho‘kib ketishga sabab bo‘ladi, - deyilgan xabarda.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun quyidagi cho‘milish qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi:
suv havzalarida taqiqlangan joylarda cho‘milish;
suv havzasining chuqurligi, tozaligi noma’lum bo‘lgan notanish joylarda suvga sho‘ng‘ish;
qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spirtli ichimlik iste’mol qilinganda, yolg‘iz bo‘lganda va oftob urish hollarida;
Suzishni yaxshi bilmaydigan, jismoniy jihatdan quvvatsiz yoki jarohatlangan insonlarning suvga tushishlari qat’iyan taqiqlanadi;
Shuningdek, FVV cho‘milish vaqtida bolalarni qarovsiz qoldirish, bolalarni kattalar uchun mo‘ljallangan suv havzalarida cho‘miltirmaslikni tavsiya qiladi.
Undan tashqari, vazirlik basseynlar suvini har 3 kunda almashtirish lozimligini, basseyn kafellari sirpanchiq bo‘lsa, bu suvning eskirganligidan dalolat berishini ham aytib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0