AQSh prezidenti Yevropada: Rossiyani qanday haq to‘lash va pushaymon bo‘lishga majburlashadi

© REUTERS / Kevin LamarquePrezident SShA Djo Bayden i pervaya ledi Djill Bayden pribivayut v aeroport Fyumichino dlya uchastiya v sammite G20
Prezident SShA Djo Bayden i pervaya ledi Djill Bayden pribivayut v aeroport Fyumichino dlya uchastiya v sammite G20  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Obuna bo‘lish
Jo Baydenning Rimda g‘arb yetakchilari bilan uchrashuvi Amerika tashqi siyosatining asosiy muammosini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. “Men Jillning eriman” - Vatikan cherkovi amaldorlariga Amerika prezidenti o‘zini shunday tanishtirdi. Bu hazil Rimdagi hamma tadbirlarga be’manilik kayfiyatini bag‘ishladi: Jo Baydenning Yevropa mamlakatlari yetakchilari uchrashuvidan tortib ikki kunlik G20 sammitigacha.
Hammasi prezident kortejining Rim ko‘chalari bo‘ylab surrealistik yuridan boshlandi. Bu “yangi normallik” yorlig‘i bo‘lib ko‘rindi. Hamisha to‘lib-toshgan Rim ko‘chalari bomba yog‘dirilayotgan paytdagidek bo‘shab qoldi. Yo‘laklar bo‘ylab harbiylarning cheksiz safi tortildi. Ko‘prikchalar bo‘ylab asta-sekinlik zihrlangan avtomobillar karvoni suzdi: AQSh prezidenti va uning mulozimlari Vatikanga Rim papasi bilan uchrashuvga naqd saksonta mashinalarda borishdi. Uglerod gazi degan gap qayerda qoldi? Uni, aftidan, faqat plebeylar ortidan qoldirishadi.
Prezident SShA Djo Bayden v Vostochnom zale Belogo doma  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
"Zo‘rg‘a yuribdi" - siyosatshunos Bayden reytingi nega tushib ketgani haqida
Vatikanda Bayden nafaqat papa Fransisk bilan uchrashdi, balki qattiq xafalashib qolgan Fransiya prezidenti bilan munosabatlarni qayta tikladi. Emmanuel Makronning jahli chiqishiga haqqi bor edi. avvaliga afg‘on masalasi – Bayden mamlakatdan qo‘shinlarni NATO bo‘yicha Yevropadagi ittifoqdoshlaridan maslahatlashmasdan olib chiqdi. Hatto adab yuzasidan aytib qo‘yishni ep ko‘rmadi. Keyin boshqa zarba: Shtatlar AUKUS yangi harbiy ittifoqiga Avstraliyani dav’at etishdi va bu ish uni fransuz suvosti kemalariga tuzilgan ko‘p milliardli shartnomani bekor qilishga majburladi. O‘shanda Makron shunchalik darg‘azab bo‘ldiki, hatto tarixda ilk bor Vashingtondan elchini chaqirtirib olishgacha bordi.
Ammo Bayden bilan Fransiyaning Vatikandagi elchixonasidagi uchrashuvda prezidentlar mojaro o‘z yechimini topganiga ishora qilishdi. Bayden hech narsaga javob bermaydigan va qayerda ekanini uncha yaxshi tushunmaydigan keksa ojiz kishi rolini muvaffaqiyatli o‘ynab berdi. “Men bilmasdim – deya to‘ng‘illab qo‘ydi muxbirning savoliga. – O‘yladimki, Fransiyani (AUKUS tuzish borasida) xabardor qilishgan...” Prezident Makrondan hech qanday uzr so‘ralmadi. Matbuot anjumanidagi videodan u qanday darg‘azabligi, o‘zini zo‘rg‘a tutib turganini ko‘rish mumkin.
Flag Fransii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Fransiya ilk bor AQSh va Avstraliyadan o‘z elchilarini chaqirib olmoqda
AQSh prezidenti Yevropani energiya bilan ta’minlash kabi bunday oddiy bo‘lmagan masalani ham qo‘l uchida hal qilishga urindi. Merkelga “Ukrainani qo‘llab-quvvatlash” ko‘rsatmasi berilgandi. Gap shundaki, gaz quvurisiz bu hudud umuman dastagi bo‘lmagan chamadonga aylandi. Amerikaliklar va yevropaliklar uni bir-biriga tiqishtirishmoqda va u bilan nima qilishni bilishmayapti.
Sentabrda AQSh va Germaniya yetakchilari bitim tuzganday bo‘lishdi. Merkel (yoki uni kansler lavozimida o‘rnini almashtiruvchi) Rossiyadan u Ukrainani 2034-yilgacha gaz bilan ta’minlashiga erishadi. Buning evaziga amerikaliklar nemislarga “Shimoliy oqim-2”dan gaz olishga ruxsat berishadi. Mana bizga bir paytlar “erkin bozor” deganlari.
AQSh prezidentining Rimda g‘arb yetakchilari bilan uchrashuvi amerika tashqi siyosatining asosiy muammosini ko‘rsatdi. Shtatlar boshqa mamlakatlarga turli kelishuvlar, bitimlar, shartnomalar, konvensiyalarni zo‘rlab o‘tkazishmoqda.
So‘nggi yillarda AQShning kelishuvlarni bajarmasligidan hatto eng yaqin va ishonchli ittifoqdoshlar jabr ko‘rishmoqda. 2015-yilda Vashington Eron yadro dasturi bitimni qo‘llab-quvvatladi, 2018-yilda undan chiqdi. Hozir yana muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi. Iqlim bo‘yicha Parij bitimi ham shu qatoridan. 2015-yilda AQSh unga qo‘shildi, 2020-yilda chiqdi, 2021-yilda yana qo‘shildi.
Beliy dom. Vashington - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
AQSh iqlim bo‘yicha sammitni chaqirmoqda - taklif etilgan davlatlar "labbay" deb javob berdi
Bunday bitimlarga qo‘shilgan mamlakatlar halollik bilan o‘z majburiyatlarini bajarishmoqda. Masalan, sanoat ishlab chiqarishlarni tozalashmoqda, uglerod tashlanmalarini qisqartirishapti. Aytgancha, ularni qisqartirish tezligi bo‘yicha Rossiya jahon chempioni. Shtatlar esa dunyodagi eng yirik karbonat angidrid (CO2)ishlab chiqaruvchisi – faqat global iqlim isishi haqida bong urishni bilishadi, o‘zlari esa hech qanday energetik o‘tishni amalga oshirishni xayollariga ham keltirishmayapti.
Yevropalik ittifoqdoshlar o‘z uylarida sovqotaverishsin, benzin uchun navbatlarda turaverishsin, ocharchilikning real tahdidiga duch kelishaverishsin. Amerikada esa hech narsa bo‘lmagandek neft qazib olishmoqda, gaz qazib chiqarib, foyda ko‘rishmoqda. Vashington mo‘’jizali tarzda o‘zga qo‘llar bilan global iqlim isishiga qarshi kurashmoqda. Shtatlar hech qanday uglerod solig‘ini joriy etishmadi: buni yevropaliklarni qilishga majburlash foydaliroqda.
Agarda qaramlari nolishga jur’at etishsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar ishga solinadi. Aynan Baydenning Yevropaga tashrifi arafasida Financial Times gazetasi allaqanday ismi oshkor qilinmagan yevropalik manbalarning YeI mamlakatlari AQShdan hecham birinchi yadro zarbasi konsepsiyasidan voz kechmaslikni so‘rashayotgani haqidagi fikrlarini chop qildi. Yevropaliklar Amerikaning yadro soyabonisiz yashay olishmadi-ku. Soyabon kimdan himoyalaydi? Rossiya va Xitoydanda albatta.
Koronavirus pandemiyasi, albatta, prezident Putin va XXR yetakchisi Si Szinpinning “Yigirmatalik” va Glazgodagi iqlim sammiti uchrashuviga bormaslik qaroriga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ammo undan ham muhimrog‘i g‘arb hamkorlarining kelishuvlarni bajara olmaslik qobiliyati. Xo‘sh, biz yangi bitimlarni imzolaymiz, xo‘sh, ularni sitqidildan bajarishni boshlaymiz, keyin ko‘ramizki, yetakchi Yevropa mamlakatlaridan bundan qo‘lini yuvub qo‘ltig‘iga urgan bo‘ladi, Vashington esa bundan xabarim yo‘q deb turib oladi. Va shunday bo‘ladiki, bu barcha kelishuvlarning asosiy foydani amerikaliklar olyapti, yevropaliklarga ham biror bir narsa ilinadi. Rossiyani esa har doimgidek haq to‘lash va pushaymon bo‘lishga majburlashga urinishadi.
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Yevropa gaz bozori uchun jangda AQSh Rossiyaga yutqazdi
Rimdagi “Yigirmatalik” uchrashuvi sekinlik bilan Glazgoda endigina boshlangan iqlim sammitiga ulanib ketadi. Jo Bayden u yerga iqlim isishiga qarshi yangi amerikacha siyosatni olib borgan. U Foreign Affairs jurnalida batafsil bayon qilingan. Uning mazmuni shundaki, suveren davlatlar endi umuman kerak emas, chunki ularning hukumatlari “iqlim halokatini” yenga olishmaydi. Shu bois dunyo hukumatini tuzish kerak. Uni amerikaliklar sug‘orib turishadi, ammo ayrim lavozimlarni yevropalik ittifoqdoshlar uchun asrab qo‘yishadi, avvalo Britaniya uchun. Amerikaliklarning va’dalarga bisyor kashfiyotlari “davlatlarning zaxiralari uning milliy boyligi emas, ular butun dunyoga tegishli” ekanidan iborat. Agar suveren davlat o‘zining tabiiy boyliklaridan noto‘g‘ri foydalansa, u xorijiy bosqinchilikka loyiq – rostdan ham u yerda bu so‘zlar yozilgan.
Yangi amerikacha iqlim siyosati ajibligi nimada? U ekologiyaga oid turli xalqaro bitimlarni imzolagan barcha davlatlarga taalluqli.
Iqlim kun tartibidagi barcha mavzular amerikaliklar o‘zlarining yevropalik tobelariga Rossiya va Xitoyni tunashda ishtirok etishni taklif etayotganiga borib taqaladi. Bu energetikaga o‘tish uchun badal kabi bo‘ladi. Xitoyni boj va tariflarga tortishadi, Rossiyani ham. Boz ustiga bizning zaxiralarimiz bor. Endi ma’lum bo‘lishicha, ular bizniki emas ekan. Ular shunchalik ko‘pki, bu bizga ular uchun haqiqiy urushni olib borishimiz kerakligi tahdidini soladi.
Albatta, bu siyosatni amalga oshirish uchun na AQSh na Yevropaning dastigi bor. Putin va Si Szinpinning Rimda va Glazgoda bo‘lmaganligi yaxshigiga signal bo‘ldi. Ularning bu quruq gapbozlik istiqbolga ega emas.
Ehtimol, “Jillning eriga” u butun dunyoni boshqarayotgandek bo‘lib tuyular. Ehtimol, u hatto koinotni ham boshqarapman deb o‘ylaydi. Ammo sammitlar tugab, Bayden ketgandan keyin yevropaliklarning real hayotga qaytishlariga to‘g‘ri keladi.
Ugol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Rossiya yoqilg‘isi Yevropaga nega bunchalik qimmatga tushmoqda
U yerda Rossiya va Xitoy bilan yangicha halol va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yishlari lozim bo‘ladi. Vashingtondan yangrayotgan do‘q-po‘pisalarni ko‘pincha e’tiborsiz qoldirish kerak bo‘ladi. Oson emas albatta, biroq odatlanish fursati yetdi.
Yangiliklar lentasi
0