Fransiya ilk bor AQSh va Avstraliyadan o‘z elchilarini chaqirib olmoqda

© Sputnik / Vitaliy BelousovFlag Fransii
Flag Fransii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Obuna bo‘lish
Tarixda birinchi marta Fransiya hukumati AQSh va Avstraliyadan o‘z elchilarini chaqirib oldi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Tarixda birinchi marta Fransiya hukumati AQSh va Avstraliyadan o‘z elchilarini chaqirib oldi, deb xabar berdi RTL radiosi.
Avvalroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Parijga AQSh va Avstraliyadagi elchilarining maslahatlashuv uchun chaqirib olishini e’lon qilgandi. TIV suv osti kemalari bo‘yicha shartnomani bekor qilgani uchun bunday qarorni qabul qildi.
Prezident SShA Djo Bayden na press-konferensii po zaversheniyu sammita G7  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Urush boshlamasin tag‘in: AQSh prezidentidan yadro tugmachasini olib qo‘yishdi
Yuzaga kelgan vaziyatga qaramay, AQSh administratsiyasi Fransiya hukumati bilan yaqin aloqani davom ettirmoqda va yaqin kunlarni kelishmovchiliklarni hal qilish bo‘yicha ish olib boradi. Bu haqda Oq uy milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Emili Xorn ma’lum qildi.
Avstraliya bundan oldin Buyuk Britaniya va AQSh bilan AUKUS mudofaa va xavfsizlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shu munosabat bilan, Avstraliya hukumati Fransiyaning Naval Group kompaniyasi bilan suv osti kemalarini yetkazib berish kelishuvidan chiqishini e’lon qildi. Hujjat 56 milliard yevroga Barracuda sinfidagi 12 ta suv osti kemasini ishlab chiqarishni nazarda tutgan. Le Drian bu qarorni "orqaga pichoq urish" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u "g‘azabda". Parij Avstraliya va AQShdan tushuntirish kutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0